Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
маъруза-7

Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof 
muhtni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tizimidagi ekspert-mutaxassislari yoki 
olimlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan tashkil etilgan ekspert guruhlari 
yordamida o’tkaziladi. 
Ekspertizani o‟tkazish muddati materiallarning to‟liq komplekti topshirilgan 
kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. 
DEE ni o’gkazish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu jarayon 
3 bosqichdan iborat: 
1. Tayyorlov bosqichi. 
2. Asosiy bosqich. 
3. Yakunlovchi bosqich. 
Tayyorlov bosqichida O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza qilish davlat 
qo‟mitasi tizimidagia ekspertlar tomonidan kuyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
1. Ekspertizaga tavsiya kilingan hujjatlarning tarkibi qo‟yilgan talablarga mos kelish-
kelmasligi tekshiriladi. 


2. Ekstartizaning vazifalari, yo‟nalishlari va chegaralari ta‟riflanadi. Ekspertizaning 
shakli va o‟tkazish usuli aniqlanadi. 
3. Ekspertizaning asosiy yo‟nalishlari bo‟yicha mutaxassislardan shtatdan tashqari 
ekspert komissiyasi – guruhlari tuziladi. Uning a‟zolari o‟rtasida vazifalar taqsimlanadi
ish grafigi tuziladi, kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Asosiy bosqichda esa, ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlar ko‟rib chiqiladi va 
tekshiriladi. Unda quyidagilar inobatga olinadi: 
1. Mazkur xo‟jalik faoliyati turini amalga oshirishga bo‟lgan ehtiyojning asoslanishi, uni 
amalga joriy etish usulini tanlash, tavsiya qilinayotgan texnik-muhandislik va arxitektura-
rejaviy echimlarning afzalliklari, material, xom ashyo va energetik resurslardan 
foydalanishning majmuasi va samaradorligi. 
2. Aniqlangan ta‟sir omillarining to‟liqligi va ularning xavflilik darajalari, xo‟jalik 
faoliyatining atrof-muhitga ta‟sir qilish ehtimoli masshtablari. 
3. Tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari talablarini ta‟minlashga, shuningdek, avariya 
holatlarini oldini olish (ogohlantirish) va ularning oqibatlarini tugatishga qaratilgan 
chora-tadbirlarning etarliligi. 
4. Mazkur xo‟jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitning sifat me‟yorlari 
ta‟minlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil nazorat usullari. 
5. Ishlab chiqariladigan mahsulotning va paydo bo‟lgan chiqindilarning ekologik 
xavflilik darajalarini baholash, shuningdek, ularnn qayta ishlashda hududiy kooperasiyani 
yaratish imkoniyatlari. 
6. Ekspertizani amalga oshirishda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlarning mavjudligi inobatga olinadi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, ekspertizani o‟tkazilgandan keyin har bir yo‟nalish 
bo‟yicha individual ekspert xulosa va ekspert guruhi (komissiyasi) xulosasi tayyorlanadi. 
Agar yangi vazifalar yoki ko‟rib chiqish yo‟nalishlari o‟zgarsa, unda ekspert 
komissiyasi (guruhi) DEE ni tayinlangan organ oldiga ekspertizani o‟tkazish muddatini 
o‟zgartirish, ko‟tarilgan yoki paydo bo‟lgan masalalar bo‟yicha qo‟shimcha ekspert-
mutaxassislarni jalb qilish masalasini qo‟yishi mumkin. Bundan tashqari, agar 
ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlarda u yoki bu hujjatni tayyorlovchilar tomonidan 
inobatga olinmagan xavfli ta‟sirlar aniqlansa, unda loyiha qayta ishlashga qaytariladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling