Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari
Ekspert komissiyasi (guruhi) 2 masalaga javob beradi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEE ni o’tkazuvchi ekspert organ quyidagilar uchun javob beradi.
Ekspert komissiyasi (guruhi) 2 masalaga javob beradi:
1. Ekspertizaga berilgan hujjatlarni o‟z vaqtida va sifatli ko‟rib chiqish, yakuniy xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga javob beradi. 2. Ekologik ekspertizani o‟tkazish me‟yorlari va qoidalariga rioya qilinishiga mas‟ul hisoblanadi. DEE ni o’tkazuvchi ekspert organ quyidagilar uchun javob beradi. 1. Ekspert komissiyasi (guruhi)ni tuzish, ekspert-mutaxassislarni tanlash, ularning mehnatini to‟g‟ri tashkil etish. 2. Ko‟rib chiqilayotgan xo‟jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi mo‟ljallanayotgan hududning atrof-muhiti holati to‟g‟risidagi ma‟lumotlar bilan ekspertlarni ta‟minlash. 3. Ekspertiza o‟tkazishning oshkoraligini ta‟minlash, ko‟rilayotgan xo‟jalik faoliyati loyihasini ekspertlar tomonidan ob‟ektiv ravishda baholash uchun etarli shart-sharoitlar yaratish. 4. DEEni o‟tkazishda me‟yorlar va qoidalarga to‟la rioya qilishni ta‟minlash. 5. Ekspertlar mehnatiga o‟z vaqtida haq to‟lash. Ekspert komissiyasi (guruhi) – bu konkret xo‟jalik faoliyatini DEE o‟tkazish uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar). O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi tizimidati ekspert bo‟limi zimmasiga DEE o‟tkazish vazifasi yuklangan. Bu bo‟lim ekspert guruhini tuzadi, uning ishini tashkil qiladi va shtatsiz ekspertlarning mehnatiga haq to‟laydi. Ekspert guruhlarning soni va shaxsiy tarkibi DEE ga taqdim etilgan hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi. Ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzishda va uning ish faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 1. Ekspert komissiyasining malaka saviyasiga. 2. DEE ning yuqori saviyada sifatli o‟tkazishga. 3. Ekspert bahosiga va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatiga. 4. DEE ni o‟tkazish va uning natijalarining oshkoraligiga. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‟ladi. Uning ishiga respublika ilmiy- tekshirish institutlardan, vazirliklardan, muassasa va tashkilotlardan, tarmoq ilmiy- tekshirish va loyihalash institutlaridan olimlar, mutaxassislar, iqtisodchi va huquqshunoslar va muhandis-texnologlar jalb qilinishi mumkin. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh Davlat Ekspertiza boshlig‟i yoki uning o‟rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ekspert komissiyasi tarkibiga quyidagi mutaxassislarni jalb qilish ta‟kidlanadi: 1. Agar mutaxassisning shaxsiy roziligi bo‟lmasa. 2. Agar mutaxassis ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlashda qatnashgan bo‟lsa. 3. Agar mutaxassis ko‟rilayotgan loyiha bo‟yicha oldin matbuotda o‟z fikrini bayon etgan bo‟lsa. Bundan tashqari, mutaxassisning shtatsiz ekspert sifatida faoliyat ko‟rsatilishi ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzish to‟g‟risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlanadi va tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq olib boriladi. DEE ni o‟tkazishda shtatsiz ekspert asosiy ishidan ajralmagan holda, o‟ziga qulay vaqtda qatnashadi. Uning faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ishini tashkil qilish mas‟uliyati DEE ni o‟tkazuvchi ekspert bo‟limi boshlig‟i va ekspert komissiyasi vakiliga yuklanadi. Ekspert komissiyasi ishini uning vakili boshqaradi. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi: 1. DEE ni o‟tkazish rejasini va dasturini muvofiqlashtiradi. 2. Ekspertiza jarayonida qo‟shimcha ekspertlar yoki maslahatchilar jalb etish ehtiyojini aniqlaydi. 3. Ekspert komissiyasi (guruhi) ni majlisini o‟tkazadi. 4. DEEni o‟gkazish jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni ko‟rib chiqadi. 6. Ehtiyoj tug‟ilganda ekspert bo‟limi rahbariyatiga ekspertizani o‟tkazish muddatini, uning yo‟nalishlarini o‟zgartirish yoki ekspertizani muldatidan oldin to‟xtatish haqida takliflar kiritadi. 6. Ekspert komissiyasining vakili ekspert komissiyasi (guruhi) ning yakuniy xulosasini tayyorlashda bevosita qatnashadi. 7. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ish natijalari haqida Bosh Davlat Ekspertiza rahbariyatiga, kollegiyaga, EDD kengashiga axborot beradi. Ekspert komissiyasi ish boshlagunga qadar, barcha shtatsiz ekspertlar DEE ni o‟tkazishning asosiy prinsiplari, yo‟nalishlari va DEE ni tashkil qilish bo‟yicha amaldagi yo‟riqnoma-uslubiy hujjatlar bilan tanishgan bo‟lishlari shart. Shuni ham ta‟kidlash kerakki, ekspertizani o‟tkazish jarayonida ekspert bo‟limi rahbariyati quyidagilarga yo‟l qo‟ymasligi kerak: 1. Umumiy axborot vositalari tomonidan DEEni borishining bir tomonlama yoki tendensiyali yoritilishiga. 2. Qiziquvchi tomonlar tarafidan ekspertlarni ta‟kib etishga. 3. DEE ni o‟tkazishning asosiy prinsiplarini buzishga olib keluvchi boshqa hatti- harakatlarga yo‟l qo‟ymasligi zarur. Ekspertlar ayrim fikr va mulohazalarini yozma ravishda, yakuniy xulosa ekspert komissiyasi tomonidan imzolashdan oldin yoki imzolanayotgan paytda, imzo oldiga maxsus belgi qo‟yib, topshirilishi kerak. Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar va ular yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar ifodalanishi kerak. Yakuniy xulosa loyihasini muhokama qilishga ekspert komissiyasi (guruhi) dan tashqari, buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi hamda loyihani amalga joriy yetadigan manfaatdor tashkilotlar vakillari taklif qilinadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling