Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


Yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarni ekspertizadan


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
маъруза-7

Yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarni ekspertizadan 
o‟tkazish uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi: 


1. Yangi mahsulotning istiqbolli texnik saviyasini belgilovchi hujjatlar, me‟yoriy-texnik 
hujjatlar, me‟yoriy-huquqiy loyihalar. 
2. Yangi mahsulotni ishlab chiqishda quyiladigan tabiat muhofazasi me‟yorlari va 
talablariga rioya qilishning nazoratini aniqlaydigan, reglamentlaydigan tarmoq me‟yoriy-
texnik hujjatlari. 
3. Yangi konkret mahsulotga tegishli texnix xujjatlarning loyihalari, konstruktorlik va 
texnologik hujjatlar, tajriba (tekshirish) natijalari, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning dastlabki hujjatlar talablariga mos kelishini va uning texnik saviyasini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. 
4. O‟zbekiston Respublikasida va chet elda o‟xshashi (analogi) bo‟lmagan, prinsipial 
yangi mahsulot ishlab chiqarilganda rahbar organlarning topshirig‟iga asosan tabiatni 
muhofaza qilish me‟yorlariga rioya qilish rejasiga asosan va tanlov asosida nazorat qilish 
tartibiga binoan yangi mahsulot ekspertizadan o‟tkaziladi. 
5. Yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonida vazirliklar, boshqarmalar, korxonalar, 
buyurtmachi va hujjatlarni tayyorlovchi tashkilotlar o‟rtasida ekologik masalalar 
bo‟yicha kelishmovchilik kelib chikqanda, respublika hududida pudrat asosida yoki 
hamkorlikda qurilayotgan qo‟shma korxonalarga yangi texnika va texnologiyalar, 
materiallar va moddalarning ayrim turlari keltirilganda ekspertiza o‟tkazilishi zarur. 
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan hujjatlarni DEE dan o‟tkazish O‟zbekiston Respublikasi 
Bosh Davlat Ekologik Ekspertizasi topshirig‟iga binoan viloyat tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo‟mitalari ekspertlari tomonidan mas‟ul tashkilotlar vakillarini jalb qilingan holda 
amalga oshiriladi. 
Yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarni yaratish bo‟yicha hujjatlar 
quyidagilardan iborat bo‟lishi kerak: 
1. Texnik vazifa. 
2. Texnik shartlar loyihasi. 
3. Texnik saviya va sifat kartasi. 
4. Ekspluatasiya qilish bo‟yicha yo‟riqnoma loyihasi. 
5. Yangi mahsulotning texnik vazifasi. 
6. Standart. 
7. Sanitar-gigienik va tabiatni muhofaza qilish me‟yor va qoidalariga mos kelishi 
to‟g‟risidagi ma‟lumotnoma. 
8. Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish dasturi to‟g‟risidagi ma‟lumotnoma. 
9. Ekspluatasiya davrida atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar, tashlamalar va 
ularning solishtirma (rejalashtirilgan) miqdori. 
10. Chiqindi va tashlamalarni: neytrallash, ularni ushlab qolish, qayta ishlash yoki 
zararsizlantirish usullari va manbalari haqida ma‟lumotnoma. 
11. Ishlab chiqarilishi mo‟ljallanayotgan yangi mahsulotning ekspluatasiya qilish 
davridagi ekologik oqibatlar (atrof-muhitga ta‟sirini baholash natijalari) to‟g‟risidagi 
ma‟lumotnoma. 
12. Yangi mahsulotni ishlab chiqayotganda tabiatni muxofaza qilish me‟yorlariga va 
talablariga rioya qilinishini nazorat qilish natijalari to‟g‟risidagi tarmoq xulosalari. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling