Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari
Monitoring turlari va oʹrganish obʹektlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʹzbekistonda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaʹlar boʹyicha oʹtkazilgan monitoring natijalari
Monitoring turlari va oʹrganish obʹektlari.
T/r Monitoring turlari Oʹrganish obʹekti 1 Sanitar zaharlilik monitoringi Atrof muhitning sifatini (atmosfera, havo, suv) tekshiradi, ifloslilik darajasini aniqlab, ularni inson salomatligiga koʹrsatayotgan taʹsirini oʹrganadi 2 Еkologik monitoring Ekologik tizimlar tarkibidagi roʹy berayotgan oʹzgarishlar, biogeotsenoz, tabiiy komplekslar va ularning samaradoriligini, Yer osti boyliklarining zahiralarini aniqlash bilan shugʹillanadi 3 Biosfera monitoringi Tabiatdagi roʹy beradigan global-fаn oʹz- garishlarini aniqlaydi (radioatsiya, changlilik darajasi, О 2 , O 3 ning miqdоri, okean bilan atmosfera oʹrtasidagi gaz tsirkulyatsiyasini ob-havo oʹzgari shlarini). 4 Kosimk monitoring Kosmik apparatlar yordаmidа kuzatuv ishlarini olib boradi. Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik koʹrish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Oʹzbekistonda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaʹlar boʹyicha oʹtkazilgan monitoring natijalari: Oʹzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish qoʹmitasining 2016 yildagi faoliyati yuzasidan Hisoboti”5ga koʹra, Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaʹlar monitoringi boʹyicha 390 ta korxonada, shuningdek, atrof- muhit ifloslanishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish doirasida 731 ta ifloslantiruvchi manbalari mavjud boʹlgan xoʹjalik yurituvchi subʹektlarda monitoring ishlari olib borilib, jami 14538 manbada asbob-uskunalar bilan tekshirish ishlarini amalga oshirilgan. Monitoring davomida ifloslantiruvchi manbaʹlardagi 1154 ta chang-gaz tozalash qurilmalari, 74 ta oqova suvlarni tozalash inshootlari, 111 ta chiqindilarni saqlash va koʹmish joylari, 130 ta yer usti suv obʹektlari oʹrganilib, past samara bilan ishlayotgan 185 ta chang-gaz va 30 ta oqova suvlarni tozalash inshootlari, 98 ta ifloslanish darajasi belgilangan meʹyordan yuqori boʹlgan yer usti suv obʹyektlari, 111 ta chiqindilarni saqlash va koʹmish joylarida kontsentratsiyaning yoʹl qoʹyiladigan cheklangan miqdoridan yuqori darajada ifloslangan uchastkalari aniqlanib, belgilangan tartibda tegishli choralar koʹrilgan. Atrof tabiiy muhit va ifloslantiruvchi manbaʹlar monitoringi sohasi- dagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Hukumatning “2016-2020 yillarda Oʹzbekiston Respublikasida Atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini 4 Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi faoliyatini tashkil etishni taʹminlash chora-tadbirlari toʹgrisidagi 21.04.2017 yil N PQ-2915 Qarori. Ekologiya xabarnomasi. Meʹyoriy hujjatlar. №5 (193)2017y. 5 Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi faoliyatidan. Ekologiya xabarnomasi. № 3/2017/ Mart. tasdiqlash toʹgrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu dasturda, ifloslantiruvchi manbalar boʹyicha monitoring oʹtkaziladigan obʹektlarni qamrab olish, atrof-muhit monitoringi yoʹnalishining meʹyoriy-huquqiy asosini takomillashtirish, oʹsimlik va hayvonot dunyosi, sanoat va qattiq maishiy chiqindilar yigʹiladigan joylar, tabiiy suv havzalari va koʹllar monitoringi, suv oʹzanlaridagi kanallarda olib boriladigan tozalash ishlari boʹyicha monitoring oʹrnatish, kuzatuv nuqtalari va tizimlarini ken- gaytirish, tashlamalar ustidan nazorat tizimini avtomatlashtirishni yoʹlga qoʹyish, ekoanalitik laboratoriya mutaxasislarining malakasini oshirish, laboratoriyalarning moddiy-texnika baʹzasini mustahkamlash va ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʹminlash ishlarini amalga oshirish kabi ishlar qamrab olindi. Tabiiy va oqova syv tarkibidagi 14 xil, tuproq tarkibidagi 12 xil hamda, atmosfera havosi boʹyicha 15 xildagi moddalarni aniqlash boʹyicha jami 41 ta uslub oʹzlashtirildi. Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspektsiyasi tomonidan “Tabiiy va oqova suvlar tarkibidagi sulfat-ion kontsentratsiyasi oʹlchovini kompleksometrik usul bilan bajarish uslubi” (OʹzOʹU 0458:2009), “Tabiiy va oqova suv tarkibidagi kumush kontsentratsiyasi oʹlchovini fotokolorometrik usul bilan bajarish uslubi” (OʹzOʹU 0414:2009) boʹyicha oʹlchov ishlari yoʹlga qoʹyildi. Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspektsiyasi tomonidan OʹzDst talablariga muvofiq 8 ta yangi oʹlchov uslublari ishlab chiqildi (2-ilovaga qarang). Bundan tashqari, “Oʹzstandart” agentligida 11 turdagi oʹlchash uslub-larining muddati 2021 yilga qadar uzaytirilib, roʹyxatdan oʹtkazildi. Yer osti va yer usti suvlari, atmosfera havosining ifloslanish darajasini sanitar- gigiyenik meʹyorlar darajasigacha kamaytirish yuzasidan amaliy choralar koʹrish taʹminlandi. Atmosfera havosinining ifloslanishi boʹyicha, “Oʹzgidromet”ning kuzatuv maʹlumotlariga koʹra, 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 25 shaharning 16 tasi: Buxoro, Guliston, Denov, Kogon, Qarshi, Kitob, Margʹilon, Muborak, Namangan, Nurobod, Samarqand, Sariosiyo, Shahrisabz, Urganch, Yangiyoʹl shaharlarida barcha oʹlchanadigan ifloslantiruvchi ingedirentlar boʹyicha sanitariya-gigiyena meʹyorlariga mos keldi. Angren shahrida uglerod oksidi (1.3-1.0) boʹyicha ifloslanish darajasi sanitariya- gigiyena meʹyorigacha pasaygan. Olmaliq shahrida oltingugurt ikki oksidi (1.2-1.1), Andijon shahrida ammiak (1.5-1.3) boʹyicha pasaygan boʹlsa-da, sanitariya-gigiyena meʹyori koʹrsatgichdan ortadi. Andijon shahrida chang (1.3), Fargona va Navoiy shaharlarida azot ikki oksidi (1.3), Chirchiq shahrida ammiak (1.3) boʹyicha ifloslanish darajasi avvalgi yil darajasida kuzatilgan. Nukus shahrida chang (2.0-2.7), Toshkentda (1.0-1.3) azot oksidi, An- grenda (1.8- 2.3) ammiak, Fargʹonada (1.0-1.3) fenol, Angren (2.2-2.4), Beko- bod (1.0-1.1), Chirchiq (1.6-1.7) va Fargona (2.6-3.3) shaharlarida ozon bilan atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortgani kuzatilgan. 2016 yil davomida atmosfera havosi bilan bogʹliq sanitar-gigiyenik meʹyorlarning ortishi: Olmaliq, Bekobod, Toshkent, Navoiy va Nukus shaharlarida 1 ta, Angren, Chirchiq va Andijon shaharlarida 2 ta Fargʹonada 3 ta ifloslantiruvchi modda boʹyicha monitoring oʹtkazilgan. “Oʹzgidromet”ning maʹlumotiga koʹra, respublikamiz suv havzalarining ifloslanish darajasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan oʹzgarmagan hamda I va III toifa, yaʹni, tozasuv va moʹtadil ifloslangan suvlarga toʹgʹri kelgan. Ekologik monitoring axborotlari va maʹlumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy oʹzgarishlarini va turli kasalliklarning yillar davomida oʹzgarishini tahlil qilish uchun darkor. Xususan, qoʹriqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy ahamiyati beqiyos kattadir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling