Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


Ekologik monitoring kuzatish ushlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
маъруза-7

Ekologik monitoring kuzatish ushlari: Monitoring kuzatish usullari belgilangan 
muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa 
jarayonlar boʹyicha amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda, yer usti suvlarining ifloslanishi boʹyicha, 94 obʹektlardagi 187 
nuqtalarda maʹlum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu 
namunalarning tarkibi (fenol va uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik 
moddalar, ogʹir metallar, neft mahsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda 
tahlildan oʹtkaziladi.
Gidrobiologik kuzatishlar boʹyicha esa, 50 ta suv obʹektlarida, 77 joy va 100 kesimda 
olib boriladi. Yoki yogʹinlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik 
stansiyalarda oʹrganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokar- 
bonatlar, nitratlar, kaliy, magniy, natriy, kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning 
mavjudligi) maxsus tajriba xonalarda annqlanadi, yoki qor qoplamining ifloslanishi 
sanoati rivojlangan shaharlarda 26 ta modda boʹyicha tekshiriladi.
Havoning ifloslanishida esa, 34 shaharning 65 ta turgʹun punktlarida kuzatiladi. 
Ifloslangan havodan olingan namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsen- 
trasiyalari oʹlchanadi. Yoki sugʹoriladigan yerlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba 
(1 aprel va 1 oktyabrda) aniqlanadi.
Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining oʹzgarishida deyarli barcha xoʹjaliklarda maʹlum 
joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda yer osti suvlarining chuqurligi
minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Zovur suvlarining mineral- 
lashuvi va ifloslanish darajasi ham maʹlum joylarda muntazam ravishda oʹrganiladi. 
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, oʹzgarishi 
va boshqa xususiyatlari boʹyicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan dasturlar 
asosida respublika boʹyicha yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek, 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasiga yuboriladi. 
Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʹgʹrisida” 2017 yil 21 apreldagi 
PF-5024-son Farmoniga muvofiq hamda Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi faoliyatini samarali tashkil etishni taʹminlash 
chora-tadbirlarining 5-boʹlimining, “Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish 
inspektsiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʹnalishlari”da, oʹziga xos, noyob, 


muhim tabiiy obʹektlar va komplekslar, oʹsimlik va hayvonot geno fondi muhofazasini 
taʹminlash, inson faoliyatining tabiatga boʹlgan salbiiy taʹsirining oldini olish, tabiat atrof-
muhitining oʹsimlik va hayvonot dunyosi qismi monitoringini olib borish toʹgʹrisida 
chora-tadbirlar belgilab berilgan
4. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling