Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi
- Mazkur qarorni bajarish quyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa qilib belgilangan
Davlat ekologik ekspertizasi. Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati.
"Ekspertiza" atamasining asl ma‟nosi “tekshiruv”, “tahlil” dir, Ekologik ekspertizani o‟tkazish tartibi O‟zbekiston Resiublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi tamonidan qabul qilingan maxsus qaror (1993 yil 4 may N:8-TK sonli qaror) asosida amalga oshiriladi. Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi: 1. Xalq xo‟jaligi ob‟ektlarini va komplekslarini qurish loyihalari va texnika-iqtisodiy asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (DEE) o‟tkazishning bir xil tartibini belgilaydi. DEE dan o‟tkazish paytida tomonlar (ya‟ni, buyurtmachi va loyihalash tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi. Mazkur qarorni bajarish quyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa qilib belgilangan: 1. O‟z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki ularni engillatishga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa-hujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar. 2. Loyiha-hujjatlarni ishlab chiquvchiga va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta‟minlashga kafillik beruvchi tashkilotlar. 3. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari. Atrof-muhit musaffoligini saqlab qolish, atmosfera havosi, suv havzalari, tuproq, o‟simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maqsadida yangitdan vujudga keltiriladigan qanday muhandislik loyihasini uning katta-kichikligidan qat`i nazar avvalo Davlat ekologik ekspertizasidan o‟tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‟g‟risidagi qonun”da ham yozib quyilgan. DEE ning maqsadi – xo‟jalik korxonasining tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me‟yoriy ko‟rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baholashdir. DEE dan o‟tkazilishi shart bo‟lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo‟lishi zarur. DEE sidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shahar qurilishi, chiqindilar to‟planadigan joylar, ularni ko‟mib yoki yondirib zararsizlantirish maxsus joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan hududlar va boshqa xo‟jalik ob‟ektlari loyihalari albatta o‟tkaziladi. Loyixada xo‟jalik ob‟ektlarining o‟z faoliyati davrida atrof- muhitga zarar etkazishi oldi olingan bo‟lsa, ya‟ni maxsus tozalash qurilmalari va inshootlari mavjud bo‟lgan taqdirda, ushbu loyihani amalga oshirishga ruxsat beriladi. Tog‟lardagi daryo havzalarida ishga tushirilishi lozim bo‟lgan ma‟dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyihalari ekologik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o‟tkaziladi. (CHunki bunday nozik loyihalarda texnologik tizim yoki ma‟danlarni saqlash joylaridan ularning bir qismi soy suvlariga aralashishi butun havzada noxush oqibatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Binobarin, ekspetriza chog‟ida ro‟y berishi mumkin bo‟lgan mazkur noxush hodisaning qanday oldi olinishi mumkinligi hamma tomonlama chuqur tekshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling