Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


Monitoring turlari va oʹrganish obʹektlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
маъруза-7

Monitoring turlari va oʹrganish obʹektlari. 
T/r 
Monitoring turlari 
 
Oʹrganish obʹekti 
 

Sanitar 
zaharlilik 
monitoringi
Atrof muhitning sifatini (atmosfera, havo, suv) 
tekshiradi, ifloslilik darajasini aniqlab, ularni
inson salomatligiga koʹrsatayotgan taʹsirini oʹrganadi 

Еkologik monitoring 
Ekologik tizimlar tarkibidagi roʹy berayotgan 
oʹzgarishlar, biogeotsenoz, tabiiy komplekslar va 
ularning samaradoriligini, Yer osti boyliklarining 
zahiralarini aniqlash bilan shugʹillanadi 

Biosfera monitoringi
Tabiatdagi roʹy beradigan global-fаn oʹz- 
garishlarini 
aniqlaydi 
(radioatsiya, 
changlilik 
darajasi, О
2
, O
3
ning miqdоri, okean bilan atmosfera 
oʹrtasidagi gaz tsirkulyatsiyasini ob-havo oʹzgari 
shlarini). 

Kosimk monitoring
Kosmik apparatlar yordаmidа kuzatuv ishlarini
olib boradi. 
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam 
nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik 
koʹrish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir.
Oʹzbekistonda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaʹlar boʹyicha oʹtkazilgan 
monitoring natijalari: Oʹzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish 
qoʹmitasining 2016 yildagi faoliyati yuzasidan Hisoboti”5ga koʹra, Atrof-muhitni 
ifloslantiruvchi manbaʹlar monitoringi boʹyicha 390 ta korxonada, shuningdek, atrof-
muhit ifloslanishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish doirasida 731 ta 
ifloslantiruvchi manbalari mavjud boʹlgan xoʹjalik yurituvchi subʹektlarda monitoring 
ishlari olib borilib, jami 14538 manbada asbob-uskunalar bilan tekshirish ishlarini amalga 
oshirilgan. Monitoring davomida ifloslantiruvchi manbaʹlardagi 1154 ta chang-gaz 
tozalash qurilmalari, 74 ta oqova suvlarni tozalash inshootlari, 111 ta chiqindilarni 
saqlash va koʹmish joylari, 130 ta yer usti suv obʹektlari oʹrganilib, past samara bilan 
ishlayotgan 185 ta chang-gaz va 30 ta oqova suvlarni tozalash inshootlari, 98 ta 
ifloslanish darajasi belgilangan meʹyordan yuqori boʹlgan yer usti suv obʹyektlari, 111 ta 
chiqindilarni saqlash va koʹmish joylarida kontsentratsiyaning yoʹl qoʹyiladigan 
cheklangan miqdoridan yuqori darajada ifloslangan uchastkalari aniqlanib, belgilangan 
tartibda tegishli choralar koʹrilgan. Atrof tabiiy muhit va ifloslantiruvchi manbaʹlar 
monitoringi sohasi- dagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Hukumatning 
“2016-2020 yillarda Oʹzbekiston Respublikasida Atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini 

Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi 
faoliyatini tashkil etishni taʹminlash chora-tadbirlari toʹgrisidagi 21.04.2017 yil N PQ-2915 Qarori. 
Ekologiya xabarnomasi. Meʹyoriy hujjatlar. №5 (193)2017y. 
5
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi faoliyatidan. Ekologiya xabarnomasi. № 3/2017/ Mart.


tasdiqlash toʹgrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2016 
yil 23 avgustdagi 273-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu dasturda, ifloslantiruvchi manbalar boʹyicha monitoring oʹtkaziladigan 
obʹektlarni qamrab olish, atrof-muhit monitoringi yoʹnalishining meʹyoriy-huquqiy 
asosini takomillashtirish, oʹsimlik va hayvonot dunyosi, sanoat va qattiq maishiy 
chiqindilar yigʹiladigan joylar, tabiiy suv havzalari va koʹllar monitoringi, suv 
oʹzanlaridagi kanallarda olib boriladigan tozalash ishlari boʹyicha monitoring oʹrnatish, 
kuzatuv nuqtalari va tizimlarini ken- gaytirish, tashlamalar ustidan nazorat tizimini 
avtomatlashtirishni yoʹlga qoʹyish, ekoanalitik laboratoriya mutaxasislarining malakasini 
oshirish, laboratoriyalarning moddiy-texnika baʹzasini mustahkamlash va ularni 
zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʹminlash ishlarini amalga oshirish kabi ishlar qamrab
olindi.
Tabiiy va oqova syv tarkibidagi 14 xil, tuproq tarkibidagi 12 xil hamda, atmosfera 
havosi boʹyicha 15 xildagi moddalarni aniqlash boʹyicha jami 41 ta uslub oʹzlashtirildi.
Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspektsiyasi tomonidan “Tabiiy va oqova 
suvlar tarkibidagi sulfat-ion kontsentratsiyasi oʹlchovini kompleksometrik usul bilan 
bajarish uslubi” (OʹzOʹU 0458:2009), “Tabiiy va oqova suv tarkibidagi kumush 
kontsentratsiyasi oʹlchovini fotokolorometrik usul bilan bajarish uslubi” (OʹzOʹU
0414:2009) boʹyicha oʹlchov ishlari yoʹlga qoʹyildi.
Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspektsiyasi tomonidan OʹzDst 
talablariga muvofiq 8 ta yangi oʹlchov uslublari ishlab chiqildi (2-ilovaga qarang). 
Bundan tashqari, “Oʹzstandart” agentligida 11 turdagi oʹlchash uslub-larining muddati 
2021 yilga qadar uzaytirilib, roʹyxatdan oʹtkazildi.
Yer osti va yer usti suvlari, atmosfera havosining ifloslanish darajasini sanitar-
gigiyenik meʹyorlar darajasigacha kamaytirish yuzasidan amaliy choralar koʹrish 
taʹminlandi.
Atmosfera 
havosinining ifloslanishi boʹyicha, “Oʹzgidromet”ning kuzatuv 
maʹlumotlariga koʹra, 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 25 shaharning 16 tasi: Buxoro, 
Guliston, Denov, Kogon, Qarshi, Kitob, Margʹilon, Muborak, Namangan, Nurobod, 
Samarqand, Sariosiyo, Shahrisabz, Urganch, Yangiyoʹl shaharlarida barcha 
oʹlchanadigan ifloslantiruvchi ingedirentlar boʹyicha sanitariya-gigiyena meʹyorlariga 
mos keldi.
Angren shahrida uglerod oksidi (1.3-1.0) boʹyicha ifloslanish darajasi sanitariya-
gigiyena meʹyorigacha pasaygan. 
Olmaliq shahrida oltingugurt ikki oksidi (1.2-1.1), Andijon shahrida ammiak (1.5-1.3) 
boʹyicha pasaygan boʹlsa-da, sanitariya-gigiyena meʹyori koʹrsatgichdan ortadi.
Andijon shahrida chang (1.3), Fargona va Navoiy shaharlarida azot ikki oksidi (1.3), 
Chirchiq shahrida ammiak (1.3) boʹyicha ifloslanish darajasi avvalgi yil darajasida 
kuzatilgan.
Nukus shahrida chang (2.0-2.7), Toshkentda (1.0-1.3) azot oksidi, An- grenda (1.8-
2.3) ammiak, Fargʹonada (1.0-1.3) fenol, Angren (2.2-2.4), Beko- bod (1.0-1.1), Chirchiq 
(1.6-1.7) va Fargona (2.6-3.3) shaharlarida ozon bilan atmosfera havosining ifloslanish 
darajasi ortgani kuzatilgan.
2016 yil davomida atmosfera havosi bilan bogʹliq sanitar-gigiyenik meʹyorlarning 
ortishi: Olmaliq, Bekobod, Toshkent, Navoiy va Nukus shaharlarida 1 ta, Angren, 
Chirchiq va Andijon shaharlarida 2 ta Fargʹonada 3 ta ifloslantiruvchi modda boʹyicha 
monitoring oʹtkazilgan. 


“Oʹzgidromet”ning maʹlumotiga koʹra, respublikamiz suv havzalarining ifloslanish 
darajasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan oʹzgarmagan hamda I va III toifa, yaʹni, tozasuv 
va moʹtadil ifloslangan suvlarga toʹgʹri kelgan.
Ekologik monitoring axborotlari va maʹlumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, 
ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy oʹzgarishlarini va turli kasalliklarning 
yillar davomida oʹzgarishini tahlil qilish uchun darkor. Xususan, qoʹriqxonalarda olib 
boriladigan ekologik monitoringning amaliy ahamiyati beqiyos kattadir. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling