Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
маъруза-7

5.2.4. Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati: Tabiat bilan 
iqtisodiyot orasida oʹzaro bogʹliqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan maʹlum. 
Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy 
neʹmatlar bilan taʹminlaydi. Inson tabiatdan estetik zavq oladi, unda va uning taʹsirida 
sogʹligini tiklaydi. Xullas, xayot uchun barcha zaruriy moddiy neʹmatlarni bevosita va
bilvosita yoʹllar bilan oladi -baxramand boʹladi. Moddiy neʹmatlardan foydalanish 
jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq, miqdorda foydalangan boʹlib, 
albatta isrofgarchilikka yoʹl qoʹygan. Lekin vaqt oʹtishi va ishlab chiqarish qurollarining 
takomillashuvi, eng muximi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining oʹsishi bilan noz-
neʹmatlardan foydalanishda, extiyotkorlik belgilari ham shakllanib borgan. Bu xodisa 
ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib turgan boʹlishi xam
mumkin. Demak, xoʹjalik yuritishni odamlar juda qadimdan egallay boshlaganlar. 
Axolining moddiy extiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib boʹlmaydigan 
darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy resurslar 
chegaralangan. Binobarin, talab, extiyoj va moddiy neʹmatlar oʹrtasida juda katta farq 
mavjud. Bu bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, yaʹni 
xoʹjalikni nixoyatda bilib va oqilona tashkil etilishi zarurligiga undaydi, ikkinchi to-
mondan birlamchi tabiiy resurslarning oʹrnini bosa oladigan (almashtira oladigan) sunʹiy 
materiallarni izlash va amalda qoʹllash ishtiyoqi kuchayib boradi. 
Bu bilan tabiiy resurslarni tejash, ikkilamchi resurslardan keng miqyosda foydalanish, 
eng muhimi tabiiy resurslarning oʹrnini bosa oladigan maxsulot (material )larni ishlab 
chiqarish va qoʹllash gʹoyasini xayotga tobora tezroq tadbiq qilish jadallashib boradi. Bu 
muammoning qoʹyilishi va yechimi jarayonida hamda, amalda tadbiq qilinishida, 
iqtisodiyotning axamiyati beqiyosdir.
Iqtisodiyot tarraqqiyoti, koʹp hollarda tabiiy resurslarga bogʹliq. Turli resurslarning 
mavjudligi xalq xoʹjaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon beradi. Bu 
borada tabiiy resurslarning xam oʹz orni bor. Qishloq, xoʹjaligi, xususan sugʹorma 
dexdonchilik maxsulotlari, lalmi dexdonchilik va yaylov chorvachiligi yetkazib 
beradigan oziq-ovqat, texnik xomashyolar va boshqalar xalq xoʹjaligining oʹsishidagi 


taʹsiri yetarli darajada yuqori. Dunyo boʹyicha yalpi ichki maxsulotning jami 32 % ini 
ekologik soha resurslari yetkazib berishi xammamizga maʹlum. 
Bizningcha, ekologik soxa resurslarining idtisodiyotni taraqqiy etishidagi roli 
kelajakda yanada ortib borishi kutiladi. Chunki, axoli sonining ortib borishi, chorvachilik 
va dex- donchilik maxsulotlarini miqdor jixatdan koʹpaytirishga taʹsir etadi (don, 
chorvachilik maxsulotlarini jon boshiga meʹyoriy koʹrsatkichlarda yetkazib berilishini 
taqozo etadi). 
Iqtisodiyotning tabiiy xom-ashyo resurslari bilan taʹminlanganligi, koʹp vaqtlar
mobaynida tabiat qonunlari, xususan ekologik qonuniyatlar va qonunlarga bogʹlidligi tan 
olinmadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va fan-texnika yutuqlarini sanoat xamda 
qishloq xoʹjaligi soxalarida keng qoʹllanilishi natijasida tabiat boyliklaryning joylashuvi,
ularning potentsial imkoniyatlari, dayta tiklash qobiliyatlari, oʹz-oʹzini tozalash darajalari 
yagona tabiat, shu jumladan, ekologik qonunlarga bogʹliqligi, keyinchalik mutaxassislar 
tomonidan asoslana boshlandi. 
Iqtisodiyotdagi “eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish” tamoyiliga 
asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish, pirovard nati- jada ekologik inqirozga olib 
keldi. Uning 
salbiy 
oqibatlari 
havo 
va 
suvning 
ifloslanishi, 
tuproqlarning 
qashshoqlanishi xisobiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar sifatida, daro-madlarning 
pasayishida, insonlar salomatligining yomonlashuvi, mexnat unumdorligining pasayishi,
xosildorlikning kamayishi orqali jamiyatda iqtisodiy tanglikni sodir eta boshladi. 
Anqulanishicha, 
tuproq 
unumdorligining 
bir 
foizga 
kamayishi 
natijasida 
xosildorlikning oʹrnini toʹldirish uchun 10% sarf-xarajat qilish zarur ekan. Maʹlum 
boʹlishicha, tabiiy oʹrmonni kesish tufayli oʹrnida vujudga kelgan ikkilamchi oʹrmonning 
maxsuldorligi birlamchi oʹrmonga mos kelmaydi, mutaxassislarga bu oldin- dan 
maʹlum boʹlgan. Atlantika okeanida baliqlarning xoʹjasizlarcha ovlanishi tufayli bir 
necha baliq turlari yoʹq qilindi, natijada baliq ovlash rejalari bajarilmay-sifatsiz baliq 
maxsulotlari bozorda sotilmay qoldi. Buning uchun baliq turlari, zotlarining 
populyatsiyasini oʹrganilishi zarur boʹldi. Yevropa va Amerikadagi bir necha mamlakatlar 
xamda baliqchilik bilan shugʹullanadigan kompaniyalar bunday tadqiqotlar uchun katta 
mablagʹ ajratmoqdalar.
Korroziya natijasida metallarning 1/5 qismi va neft qazib olish va qayta ishlasda 
foydalaniladigan jixozlarining 77% yoʹqotilishi biokorroziya bilan bogʹliq ekanligi, ular
mikroblar faoliyati bilan tushuntiriladi. Rossiyada xar yili oʹrmonlarning - 20 mln. m3 
qismi zamburugʹ kasaliga duchor boʹladi va xasharotlarnyng ommaviy koʹpayishi sababli,
ular qurib qolmoqda. Bunday misollarni koʹplab keltirish mumkin. Xar yili dunyo 
boʹyicha qishloq xoʹjalik ekinlarining yuqumli kasalliklarga chalinishi va zararli 
xasharotlar taʹsirini kamaytirish maqsadida 2,5 trln. dollarlik mablagʹlar sarflanadi, bu 
jahonning jami byudjetini 10% ini tashkil qilishini aytib oʹtishning oʹzi ekologiyaning 
iqtisodiyotga 
qanchalik 
salbiy 
taʹsir 
etishini 
tushunishga 
imkon 
beradi. 
Mutaxassislarning xisob-kitoblariga koʹra, XX asrning ikkinchi yarmida insonning 
xoʹjalik faoliyati taʹsirida tabiiy muxitga yetkazilgan zarar va u orqali aholi salomatligiga 
yetkazilgan zarar, jahonning yillik byudjetidan ziyod boʹlgan . 
Shuni aloxida taʹkidlash kerakki, yer qaridan olingan tayyor maxsulotning bir birligiga 
bir necha, baʹzan 10 va undan koʹp birlikda chiqindilar vujudga keladi. Bunday 
chiqindilar odatda, iqstisodiyot uchun bahoga ega emas. Chunki, ulardan xoʹjalikda 
foydalanilmaydi, boz ustiga chiqindilar atrof-muhitni ifloslaydi, yaylovlar maydonini 
egallab turadi, inson hayotini xavf ostida qoldiradi.


Qanchalik koʹp yalpi milliy maxsulot ishlab chiqilsa, shunchalik chiqindilarning 
umumiy xajmi koʹp boʹlishi barchamizga maʹlum. Lekin, Davlat ushbu chiqindilarning 
atrof- muxitni ifloslashi tufayli aholi salomatligini yomonlashuvining oldini oladi va 
ularning sogʹligini tiklash maqsadida qaygʹuradi va buning uchun maʹlum mablagʹ 
ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy maxsulot xisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof 
muxit ifloslanishining qiymati xisob-kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan 
korxona uning raxbariga yiliga maʹlum daromad keltiradi, lekin korxona atrof-muxitga 
turli chiqindilarni chidarib havo, suv tuproqni bulgʹaydi, qishloq xoʹjalik ekinlari xamda 
yaylovlarga ziyon yetkazadi, aholi sogʹligi yomonlashadi. Korxonaning toʹlagan 
arzimagan soligʹI eʹtiborga olinmasa, uning yetkazgan zarari yetarli darajada koʹp, uning 
bir yillik qiymati xisoblansa yillik daromadga yetib qoladi, baʹzi xollarda undan xam 
ziyod boʹlishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof- muxitga yetkazgan ziyoni 
obʹektiv xisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun xam joylarda ekologik vaziyat 
murakkablashib bormoqda. 
Iqtisodiyotning ekologiyaga taʹsiri maʹlum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga taʹsiri 
ancha murakkab kechadi. Bu koʹpincha tabiatning jamiyatga aks taʹsiri bilan tushuntirila-
di. Xududlarning tabiiy resurslari xoʹjasizlarcha foydalanganda qashshoqlashadi, 
degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor oʹzgarishlari –sifat oʹzgarishlariga 
olib keladi. Bu ekologik va itstisodiy oʹzgarishlar xududning iqtisodiy potentsialini 
kambagʹallashtiradi, eng muximi ijtimoiy-iqtisodiy axvol ogʹirlashadi, resurslar maxsul- 
dorligining keskin pasayib ketishi sugʹorma dexqonchilik va yaylov chorvachiligining 
izdan chiqishiga sabab boʹladi, sanoat korxonalarining sifatli xomashyolar bilan 
taʹminlanishi buziladi. 
Qoraqalpogʹiston Respublikasida Orol dengizi satxining 1961 yildan boshlab tushib 
borishi, Amudaryo xavzasida suv tanqisligining jiddiylashuvi va sifatining 
yomonlashuvi, delta toʹqayzorlarini suv bilan muntazam taʹminlashning izdan chiqishi, 
tuproqda koʹplab tuzlar toʹplanishi va boshqa nomaqul hodisalar ushbu hududda 
antropogen choʹllashishining rivojlanishiga sabab boʹlmoqda. Choʹllashish odatda choʹl 
sharoitida biologik maxruldorlikning keskin kamayib ketishi bilan bogʹliq. 
Xaqiqatdan xam xududda, yaylov, sugʹorma yerlar, suv xavzalarining meʹyordagi 
biologik maxsuldorligi 60-yillardan boshlab keskin tanazzulga uchramoqda. Bu oʹz 
navbatida iqtisodiy samaradorlikning eng quyi koʹrsatkichlargacha tushib ketishiga olib 
kelmoqda. Boz ustiga Orol dengizining qurigan qismidan shamol taʹsirida tuz
kukunlarining betoʹxtov yogʹilib turishi (xar gektar maydonga 100-1000 kg), Amudaryo 
suvi orqali tuzlarning dalalarga yotqizilishi (xar gektar maydonga 9-24 t gacha), suv 
tanqisligi, aholining ichimlik suvi bilan taʹminlash darajasining kamligi, turli 
kasalliklarning keng tarqalganligi va boshqalar tabiatning jamiyatdan “oʹch” 
olayotganini bildiradi. Chunki, Orol dengizi va Orol boʹyida ming yillar davomida 
barqaror boʹlgan ekologik muvozanat buzilgan. Buning oqibatida endilikda tabiat 
maromi ishdan chiqqanligi tufayli uning resurslari xam degradatsiyaga berildi, avvalgi
qulay ekologik vaziyat, xozirda jiddiy va tang ahvoldagi hududlar (Moʹynoq tumani) da 
falokatli vaziyatlar bilan almashdi. Bu noxush tabiiy-antropogen xodisa hudud iqtisodiy 
potentsialini xam kambagʹallashtirdi, xar yilgi iqtisodiy zarar xajmi bir necha yuz 
million soʹmni tashkil qilmoqda. Buni ekologik xolatning yoki tabiatning jamiyatdan 
olayotgan “Oʹchi”-deb xisoblash lozim. 
Bu xududiy noxush xodisani toʹxtatish va avvalgi boy ekologik resurslarni qayta 
tiklash xamda qulay xayotiy vaziyatni bunyod etish ancha murakkab masala. Bu 
borada amaliy ishlar boshlangan, lekin ularning miqyosi va koʹlami talabga toʹla javob


bermaydi. Chunki, muammo keng qamrovli, majmuali, yirik xududni qamrab olgan. 
Bu esa shunga yarasha tizimli taxlil yondashuvidan foydalanishni taqazo etadi. Bir 
necha maxsus bosqichlar davomida koʹp yillarga (2030 yil) muljallangan chet-el 
sarmoyasi asosida majmuali aniq tadbirlar amalga oshirilishi lozim. 
Birinchidan, eng ustuvor vazifa, oʹlkada suv muammosi ijobiy xal qilinmogʹi zarur, 
suv bilan taʹminlashning kafolatlanishi yangi ekologik muvozanatning tiklanishiga
imkon beradi.
Ikkinchidan, eng ustuvor vazifa, sugʹoriladigan mintaqada meliorativ tadbirlar 
negizida tuproqlarning suv-tuz muvozanatida barqaror ravishda manfiy koʹrsatkichga
erishilsa, iqtisodiy samaradorlik xam koʹtarilish yoʹnalishiga ega boʹladi. Chunki, ekinlar 
xosildorligi orta boradi, yerdan foydalanish koeffitsenti optimal koʹrsatkichga yetadi,
almashlab ekish chizmalarini toʹla tadbiq etish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. 
Binobarin, iqtisodiy potentsial koʹlami ancha ortadi, xoʹjaliklarning rentabelligi sezila
boshlaydi.
Uchinchidan, eng ustuvor vazifa, oʹlkaning iqlimi oʹzgarayotgani va suv tan-qisligini 
xisobga olgan xalda qishloq xoʹjalik ekinlarining shu xududga mos keladigan turlarini
joylashtirish chizmasi, chorvachilik xamda baliqchilikni tubdan rivojlantirish yoʹllarini 
asoslash eng dolzarb masala xisoblanadi. Bu borada boshqa ishlar qatori chuqur iqtisodiy 
taxlil va xisob-kitob ishlari bajarilishi maqsadga muvofiq. 
Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chidarish mumkinki:
Ekologiya bilan iqtisodiyot oʹrtasida juda xam yaqinlik mavjud boʹlib, ular bir–
birlarini tadozo etadilar; 
Ekologiya xoʹjalikni yuritish uchun resurslar va qulay tabiiy sharoitlarni taʹminlab 
beradi; 
Iqtisodiyot oʹz navbatida mavjud boyliklar va sharoitlarni eʹtiborga olgan xolla 
iqtisodiyotni rivojlantirish yoʹllarini ilmiy asoslangan xolda taraqqiy etishini taʹminlashi 
zarur.
Bu oʹzaro taʹsirlar doirasida iqtisodiyotga koʹp narsa bogʹliq, yaʹni:
-Eng muximi tabiatdan resurslarni meʹyorga va extiyojga qarab xalq xoʹjaligi 
muomalasiga kiritish; 
-Isrofgarchiliklarga chek qoʹyish; 
- Atrof -muxitni chidindilar bilan bulgʹamaslik; 
- Resurslardan foydalanganlik uchun xaq toʹlash tartibini joriy etish va unga amal 
qilishni taʹminlas maqsadga muvofiddir.
Resurslardan qanchalik odilona foydalanilsa, atrof-muxitning shunchalik toza va 
ozoda boʹlishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan idtisodiyot va aholi salomatligi katta 
foyda koʹradi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling