Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy xulosaga quyidagilar kiritiladi
Yakunlovchi bosqichda ekspert komissiyasi tomonidan ko‟rib chiqilgan barcha
hujjatlar bo‟yicha yakuniy xulosa loyihasi tayyorlanadn. Ushbu yakuniy xulosa loyihasi buyurtmachi, loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakillari, jamoatchilik vakillari ishtirokida ekspert komissmyasi majlisida muhokama qilinadi. Ushbu yakuniy xulosa ekspert komissiyasining barcha a‟zolari tomonidan imzolanadi va ularning roziligisiz o‟zgartirilmaydi. Yakuniy xulosaga quyidagilar kiritiladi: 1. Amalga oshirishga tavsiya etilayotgan xo‟jalik faoliyatining qisqacha tavsifi. 2. Tavsiya etilayotgan xo‟jalik yechimining ekspert baholari. 3. Tavsiya etilayotgan loyiha buyicha prinsipial mulohazalar. 4. Loyihani amalga oshirish shartlari va imkoniyatlari (dastur, reja, sxemalar). 5. Loyihani qayta ishlashga yoki qayta qurishga bo‟lgan ehtiyoj. 6. Amalga oshirish uchun muvofiq kelmaydigan omillar. 7. Xulosalar. Shuni ham e‟tiborga olish kerakki, xulosa va takliflar aniq va tushunarli ta‟riflanishi lozim. Ekspert komissiyasi a‟zolari tomonidan bildirilgan alohida fikrlar yakuniy xulosaga ilova qilinadi. Davlat ekologik ekspertizani o‟tkazayotgan ekspert organi tavsiya etilgan xo‟jalik faoliyati loyihasi bo‟yicha ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini ko‟rib chiqadi va "DEE xulosasi" ni tayyorlaydi. DEE xulosasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to‟g‟risidagi xulosalar. 2. Qiziquvchi tomonlarning fikr va mulohazalarini ko‟rib chiqish davomida paydo bo‟lgan takliflar. 3. Qurilayotgan xo‟jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo‟yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalar kiradi. "DEE xulosasi" O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokama qilinishi mumkin. SHundan keyin "DEE xulosasi" loyiha buyurtmachisiga va qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi. Agar "DEE xulosasi" ijobiy baholansa, xo‟jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag‟ ajratiladi. Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to‟liq komplekti buyurtmachilarga qaytariladi. Hujjatlarning bir nusxasi ekspertiza o‟tkazgan organ arxivida olib qolinadi. DEEni o‟tkazishda xo‟jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning buyurtmachisi va ularni ishlab chiquvchilari quyidagilarni ta‟minlashi shart: 1. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning to‟liq komplektini. 2. DEE ni o‟tkazish uchun belgilangan tartibga haq to‟lashni. 3. Ekspertiza o‟tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi (guruhi) ning ishlashi uchun zaruriy qo‟shimcha axborot berishni ta‟minlashi shart. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling