Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi.
1 UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 5 -SINFI UCHUN ONA TILIDAN O‘QITUVCHI KITOBI YANGI NASHR O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan TOSHKENT – 2020 2 Ushbu nashrga doir barcha huquqlar muhofaza qilinadi va nashriyotga tegishlidir. Undagi matn va rasmlarni nashriyot roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi. © G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot ijodiy uyi, 2020 ISBN 978-9943-04-118-9 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi. UO‘K 811.512.133(075.3) KBK 81.2 O‘zb – 922 UO‘K 811.512.133(075.3) KBK 81.2 O‘zb – 922 O–58 3 Kirish Mamlakatimizning har tomonlama ravnaq topishi, istiqboli, taraqqiy etishi, yoshlarimizning kelajagi – bugungi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, islohotlar samaradorligi bilan belgilanadi. Ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va amaliyotga joriy etishda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchi doimo izlanishi, yangilikka intilishi, o‘z faoliyatini tahlil qilib, uni rivojlantirib borishi, bugungi kun talablari asosida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalana olishi lozim. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchini sevishi va bugungi kun o‘quvchilarining qiziqishi va o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi darkor. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining dars jarayonidagi ilmiy-amaliy faoliyatini samarali tashkil qilishi, aniq bir maqsadga, mustaqil yo‘naltirish uchun har bir darsni puxta rejalashtira olishi, darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishi, lozim bo‘lsa, yangi mashq namunalarini tanlab, qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida rejaga kiritishi, darsni guruhlararo musobaqa ruhida olib borishi lozim. O‘qituvchi doimiy ravishda o‘z o‘quvchilarini o‘rganilgan mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini aytishga undashi, ular tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalarni, o‘z iste’dodini namoyish qilishga bo‘lgan urinishlarini ijobiy tushunishi, bunday ijodkorlik, kashfiyotchilik harakatlarini muttasil rag‘batlantirib borishi, ularga sharoit va imkoniyatlar yaratib berishi, nutqiy kompetensiyasini, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi shu tariqa nafaqat o‘quvchi bilimini, balki o‘zidagi pedagogik mahoratni ham takomillashtirib boradi. O‘quvchi shaxsi, uning nutqiy darajasi haqida hukm va xulosa chiqarishga shoshmaslik, o‘z vazifasiga mas’uliyat hissi bilan yondashish, o‘zidagi intellektual salohiyatini o‘quvchi bilan baham ko‘rish, o‘zida bag‘rikenglik, komil ustozlik fazilatlarini tarbiyalashga o‘rganadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ona tili ta’limining maqsadi o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni o‘zgarmoqda. Biz yillar davomida ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga grammatik qonun- qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Endilikda grammatikadan ko‘ra o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, 4 gapirish, o‘qish, yozish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘proq e’tibor berishimiz lozim. Shunday ekan, bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga nisbatan ko‘nikma shakllantirish darkor. Qo‘lingizdagi mazkur metodik qo‘llanmada 5-sinf ona tili darsligidan o‘rin olgan tilning ijtimoiy ahamiyati, o‘zbek tili-davlat tili, fonetika, grafika, talaffuz va imlo me’yorlari, leksikologiya, punktuatsiya, ish qog‘ozlari bo‘limlaridan o‘rin olgan mavzularni o‘rganish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar, darslikdagi mashq, topshiriqlarning bajarilish yechimi hamda matn va lug‘at ustida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling