Она тили 5 мет


Nutqiy kompetensiya elementlarini ona tili darslarida shakl-


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Nutqiy kompetensiya elementlarini ona tili darslarida shakl-
lantirish
Tinglab tushunish
Ona tili darslarida tinglab tushunish ko‘nikmasini o‘quvchilarda 
mashq qildirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon orqali 
o‘quvchi diqqatini uzoq vaqt ushlash malakasi, o‘quvchilarning 
og‘zaki bayon qilinayotgan o‘zgalar fikrini, monologik 
va diologik nutqni hamda matn mazmunini tushuna olish 
ko‘nikmasi shakllantiriladi. O‘quvchilar sohaviy ilmiy-ommabop 
nutqni tushuna olishi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib 
olishi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini
maqsadini idrok etishi, tinglab tushunishi, nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy 
izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglashi, barqaror atamalar, kasb-
hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlashi va tushunishi lozim. 
Gapirish
 
Ona tili darslarida o‘quvchining og‘zaki nutqi berilgan matnlarni 
o‘rganishi, mazmunini esa og‘zaki bayon qilishi bilan shakllanib 
boradi. O‘quvchining gapirish ko‘nikmasi o‘rganilgan mavzuni og‘zaki 
ifodalashida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rganilgan mavzuni yoki matnni 
og‘zaki bayon qilayotganida fikrlarini o‘z ona tilida xatosiz, to‘g‘ri 
ifodalashi, mavjud lug‘at boyligidan oqilona foydalanib, mavzudan 
chetga chiqmay mazmunni yoritishi, bog‘lanishli nutqi asosida gapira 
olishi, undan xulosa chiqarishi zarur. Bu ko‘nikmalar dars jarayonida 
takomillashtirilib borilishi kerak. Nutqini adabiy talaffuz me’yorlariga 
amal qilgan holda ifodali, ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta olishi, 
leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qilishi lozim. 


5
O‘qish
O‘qish ko‘nikmasi orqali o‘quvchining tanish va notanish 
bo‘lgan matnni ifodali o‘qiy olish darajasi aniqlanadi. Bunda turli 
janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy olishi, gapning ifoda 
maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib 
o‘qishi, berilgan grammatik tamoyil va ma’lumotlarni o‘qib tushunishi, 
turli janrdagi matnlarni o‘qib o‘zi tushungan mazmunni tinglovchilarga 
gapirib bera olishi, gazeta va jurnallarni, yozilgan reklama va e’lon, 
turli mavzulardagi broshuralarni, internet materiallarini, badiiy, ilmiy-
ommabop hamda rasmiy uslubda yozilgan matnlarni o‘qib tushunishi 
aniqlanadi. Sinfdan sinfga o‘tish davrida berilgan matnni o‘qishdagi 
talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling