7
o‘sishi.
METODLAR
“Tinglab tushunish ” metodi (5–11 sinflar)
Maqsad: til o‘qitishning bu metodida o‘quvchilarning tinglab
tushunish ko‘nikmalari aniqlanadi.
O‘quvchilarga audio eshittirish moslamasi orqali matn eshittiriladi.
Guruh o‘quvchilari birgalikda eshitgan matnidan tinglab tushunish
asosida eslab qolganlarini yozishadi. Belgilangan ma’lum vaqtdan so‘ng
yozilgan matnlar birinchi guruh ikkinchi guruh bilan almashinadi va
matnning
xatosini topishga, tahlil qilishga kirishadi.
O‘qituvchilar bu matnni turli variantda qo‘llashi mumkin. Nazorat
ishlarini o‘tkazishda, o‘quvchilar savodxonligini aniqlashda, yozma
topshiriqlar berishda qulaylik jihatlari mavjud.
Bu usul orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmalari
shakllantirishga erishiladi.
“Qayta ta’sir” metodi (5-9 sinflar)
Maqsad: “Nima uchun tuzulmasi” mavjud muammoni keltirib
chiqargan sabablarini aniqlashga yordam beruvchi metoddir. O‘quv-
chilarda mustaqil muammoni hal qila olish ko‘nikmasini rivojlanishida
ko‘maklashadi..
Sabab-oqibat qonuniga asosan muammoni keltirib chiqaruvchi
sabablarni aniqlamay turib muammoni hal etish qiyin.
Muammoning
yechimini topish uchun uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va
bartaraf etish talab etiladi. O‘quvchilarda sabab-oqibat qonuniyati
asosida fikr yuritishni tarbiyalash muhim. Ushbu metod o‘quvchilarda
aynan ana shu xususiyatni rivojlantiradi. Darslikda berilgan matn bilan
o‘quvchilar tanishib bo‘lgach, zehnini sinash
uchun yoki uyga vazifa
sifatida berilgan matnni mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: