Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEE ni o’gkazish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu jarayon 3 bosqichdan iborat: 1. Tayyorlov bosqichi.
- Asosiy bosqichda
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof
muhtni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tizimidagi ekspert-mutaxassislari yoki olimlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan tashkil etilgan ekspert guruhlari yordamida o’tkaziladi. Ekspertizani o‟tkazish muddati materiallarning to‟liq komplekti topshirilgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. DEE ni o’gkazish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu jarayon 3 bosqichdan iborat: 1. Tayyorlov bosqichi. 2. Asosiy bosqich. 3. Yakunlovchi bosqich. Tayyorlov bosqichida O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza qilish davlat qo‟mitasi tizimidagia ekspertlar tomonidan kuyidagi ishlar amalga oshiriladi: 1. Ekspertizaga tavsiya kilingan hujjatlarning tarkibi qo‟yilgan talablarga mos kelish- kelmasligi tekshiriladi. 2. Ekstartizaning vazifalari, yo‟nalishlari va chegaralari ta‟riflanadi. Ekspertizaning shakli va o‟tkazish usuli aniqlanadi. 3. Ekspertizaning asosiy yo‟nalishlari bo‟yicha mutaxassislardan shtatdan tashqari ekspert komissiyasi – guruhlari tuziladi. Uning a‟zolari o‟rtasida vazifalar taqsimlanadi, ish grafigi tuziladi, kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Asosiy bosqichda esa, ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlar ko‟rib chiqiladi va tekshiriladi. Unda quyidagilar inobatga olinadi: 1. Mazkur xo‟jalik faoliyati turini amalga oshirishga bo‟lgan ehtiyojning asoslanishi, uni amalga joriy etish usulini tanlash, tavsiya qilinayotgan texnik-muhandislik va arxitektura- rejaviy echimlarning afzalliklari, material, xom ashyo va energetik resurslardan foydalanishning majmuasi va samaradorligi. 2. Aniqlangan ta‟sir omillarining to‟liqligi va ularning xavflilik darajalari, xo‟jalik faoliyatining atrof-muhitga ta‟sir qilish ehtimoli masshtablari. 3. Tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari talablarini ta‟minlashga, shuningdek, avariya holatlarini oldini olish (ogohlantirish) va ularning oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi. 4. Mazkur xo‟jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitning sifat me‟yorlari ta‟minlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil nazorat usullari. 5. Ishlab chiqariladigan mahsulotning va paydo bo‟lgan chiqindilarning ekologik xavflilik darajalarini baholash, shuningdek, ularnn qayta ishlashda hududiy kooperasiyani yaratish imkoniyatlari. 6. Ekspertizani amalga oshirishda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning mavjudligi inobatga olinadi. Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, ekspertizani o‟tkazilgandan keyin har bir yo‟nalish bo‟yicha individual ekspert xulosa va ekspert guruhi (komissiyasi) xulosasi tayyorlanadi. Agar yangi vazifalar yoki ko‟rib chiqish yo‟nalishlari o‟zgarsa, unda ekspert komissiyasi (guruhi) DEE ni tayinlangan organ oldiga ekspertizani o‟tkazish muddatini o‟zgartirish, ko‟tarilgan yoki paydo bo‟lgan masalalar bo‟yicha qo‟shimcha ekspert- mutaxassislarni jalb qilish masalasini qo‟yishi mumkin. Bundan tashqari, agar ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlarda u yoki bu hujjatni tayyorlovchilar tomonidan inobatga olinmagan xavfli ta‟sirlar aniqlansa, unda loyiha qayta ishlashga qaytariladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling