Barqaror rivojlanish muammolari va istiabollari. Monitoring tushuchasi, usullari va turlari


DEE si asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‟mitasida


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana24.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1055273
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
маъруза-7

DEE si asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‟mitasida 
o‟tkaziladi. 
DEE ni o‟tkazish uchun me‟yoriy manbalar sifatida quyidagi 3 ta hujjat asos qilib 
olinadi: 
1. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni 
muhofaza qilish to‟g‟risida”gi qonun; 
2. O‟zbekiston Ruspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasining 1992 yilda 
tasdiqlangan xalq xo‟jaligi va komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda texnika-
iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruksiyalashda), kengaytirish va 
texnik qayta jihozlashda atrof-muhitga ta‟sirini baholash tartibi to‟g‟risidagi yo‟riqnoma 
(instruksiya); 
3. Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha xujjatlarning tarkibi, ularni 
ishlab chiqish va muvofiqlashtirish tartibi to‟g‟risidagi 1.02.01-85 raqamli sanitar me‟yor 
va qoidalar yo‟riqnomasi. 
Umuman olganda, DEE sini o’tkazish paytida quyidaga masalalarga e’tibor 
beriladi: 
1. Xo‟jalik faoliyatida vujudga kelgan .ekologik xavf darajasini aniqlash
2. Tabiatni muqofaza qilish qonun va qoidalari talablariga xo‟jalik faoliyatini mos kelishi 
yo kelmasligini baholash; 
3. Loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning ilmiy 
asoslanganligi va etarliligini aniqlash. 
 
Quyidagi ob‟ektlar DEE sidan o‟tishlari kerak: 
1. Ishlab chiqarish kuchlari va xalq xo‟jaligi tarmoqlarini joylashtirish va 
kengaytirishning sxemalari va asosiy yo‟nalishlari, konsepsiyalari , davlat rejalari va 
loyixalari. 
2. Barcha turdagi qurilishlar uchun tanlangan maydonlar, qurilish materiallari, rejadagi va 
rejadan oldingi (agar korxonani kengaytirish lozim bo‟lsa) loyixa xujjatlari. 
3. Tabiiy resurslardan foydalanish va xo‟jalik faoliyatini belgilovchi instruktiv-uslubiy 
loyihalar va me‟yoriy texnik hujjatlari. 
4. YAngi moddalar va materiallar yaratish bo‟yicha texnika va texnologiyalar, hujjatlar, 
mahsulot standartlari, shu jumladan xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar
yangi mahsulotlar, ularning tarkibi va davlat andozalariga mos kelishi hujjatlari. 
5. O‟bekiston Respublikasiga keltiradigan va undan olib chiqib ketiladigan mahsulotlar 
va kimyoviy moddalar. 
6. Ayrim hududlar, alohida joylar va ob‟ektlarning ekologik vaziyatlari. 
7. Tabiiy atrof-muhitga salbiy ta‟sir ko‟rsatayotgan ishlab chiqarish qorxonalari va 
ularning ob‟ektlari. 
Shuni yodda tutish kerakki, har bir loyihaning DEE ijobiy xulosasisiz amalga 
oshirish ta‟qiqlanadn. Bundan tashqari, mahsus ahamiyatga ega bo‟lgan xalq xo‟jaligi 
muammolarini echishga mo‟ljallangan hujjatlar, xalq xo‟jaligi tarmoqlarining rivojlanish 
sxemalari, katta shaharlarning bosh rejasi, davlat dasturlari, yangi texnika va 
texnologiyalar, materiallar va moddalar, yirik va murakkab inshootlar, ob‟ektlar va 
xomplekslarning loyihalari, ularning texnika-iqgisodiy asoslari DEE dan o‟gkazilishi 
lozim. Ushbu ekspertizani mustaqil ravishda bosh kosmos ekspertlari tomonidan va 
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi bo‟limlarining ekspertlari tomonidan ham 
o‟tkazilishi mumkin. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling