Bashirov sanjarning meliorativ geografiya fanidan mustaqil ishi


Tog’ oldi va tog’ yonbag’irlari o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 46.42 Kb.
bet3/4
Sana23.09.2023
Hajmi46.42 Kb.
#1686189
1   2   3   4
Bog'liq
Tog‘ oldi va tog‘ yonbag‘rlarining hozirgi meliorativ holati va

2.Tog’ oldi va tog’ yonbag’irlari o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Tog’ va tog‘ oldi mintaqasidagi ekologik vaziyatlarni baholash ancha murakkab jarayon. CHunki bu hududlarda havo va suv xavzalari sanoat korxonalari chiqindilari ta’sirida, sug‘orma Yerlar turli tabiiy jarayonlar (sug‘orish Yeroziyasi, jarlik va boshqalar) tasirida, tog‘ yonbag‘irlari esa Yeroziya, sel, qor ko‘chkisi, yaylovlar degradatsiyasi va boshqalar ta’sirida bo‘lganligi bois tarkib topgan vaziyat ancha jiddiyligi bilan tavsiflanadi.Qurg‘oqchil-arid iqlimli tog‘ oldi yaylovlarining mahsuldorligi unchalik yuqori emas. Geobotaniklarning hisobicha, bir bosh qorako‘l qo‘y uchun 2-2,5 gektar yaylov to‘g‘ri kelishi lozim. Hozirda tog‘ yaylovlarining aksariyat hududlari xaddan tashqari zo‘riqqan. Ayniqsa, qishloqlar, qo‘ralar va quduqlar atrofi me’yordan 8-10 marta ortiqcha ta’yyorlanmokda. Natijada qishloqlar atrofida bir necha yuz metr radiusdagi maydonlar yalang‘ochlanib, cho‘llashib bo‘lgan.Hisob-kitoblar bo‘yicha 2 km radiusdagi maydonlarda em- xashak o‘simliklarining 50%i, 5 km/ga cha bo‘lgan radiusda 30%i yo‘q bo‘lgan. Qorakul qo‘ylar boqilish radiusa kuniga 5-6 km ni tashkil etadi. Hozir tog‘lardagi cho‘llashishga uchragan maydonlar 10-12% ni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkich 20-25% ga etishi bashorat qilinmoqda.Tog’ yaylovlari o‘simlik qoplamining yomonlashuviga tartibsiz em-xashak tayyorlash ham ta’sir etmoqda. Aksariyat ko‘p yillik yarim buta o‘simliklar ketmon yordamida chopiladi va natijada ularning tiklanishi qiyinlashib, ildizi quriydi.Tog’ va tog‘ oldi mintaqasidagi ekologik vaziyatning izdan chiqishi avvalo daraxtzorlarning kesilishi bilan hamoxangdir. Sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida O‘zbekistonga Kozog‘iston va Rossiyadan ko‘mir keltirilishi amalda to‘xtatildi. Biroq respublikada aholini tabiiy gaz bilan taminlash borasida maxsus dastur asosida katta ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Lekin mamlakat aholisining tabiiy gazga bo‘lgan extiyojlari to‘liq qondirildi, deyishga xali biroz vaqt bor. Min­taqa aholisining o‘tinga bo‘lgan ehtiyojining salmoqli qismi xali ham tog‘lardagi daraxt va butalarni ayovsiz kesish bilan qondirilmoqda. Bir vaqtlar tog‘ etaklarigacha tutashib ketgan o‘rmonlar ayrim tog‘ yonbag‘irlarini allaqachon tark etgani sir emas. Janubiy tog‘larning pastki qismlarida qalin pistazorlar mavjudi, odamlar yozda qop-qop pista tYerganligiga janubiy viloyatlar aholisining ko‘pchiligi guvoh bo‘lgan. Xozirgi kunga kelib esa sotish uchun o‘tin tayyorlovchi maxsus «Tijoratchi - guruhlar paydo bo‘lganiga ham guvoh bo‘lib turibmiz. Nurota tog‘ mintaqasining o‘zida bir arava o‘tin 2-4 ming so‘m bo‘lsa, boshqa joyda qancha bo‘lishi oydek ravshan. Mintaqada o‘tgan yarim asr mobaynida qancha o‘rmon dov-daraxtlari kesilgan bo‘lsa, keyingi 7-8 yil mobaynida shunchasi yo‘qotildi. Aholining tog‘ tabiatidan foydalanishdagi shu tahlitdagi faoliyati mintaqa tabiatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, natijada torli mintaqalarga xos bo‘lgan nomaqbul tabiiy - anropogen jarayonlar: surilma, tog‘ ko‘chkisi, sel kabilar faollashmoqda. SHunday ekan, bunday hodisalarning zararli oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar paydo bo‘ladi.Tog’ va tog‘ oldi mintaqasida metallurgiya, ko‘mir, tabiiy gaz, neft, osh tuzi, kaliy tuzi, marmar va boshqa qurilish xomashyosi bilan bog‘liq tog’-kon sanoatinnng tez sur’atlarda rivojlanayotganligi, zamonaviy yo‘llar qurilayotganligi rekreatsiya infratuzilmalari yangilanib takomillashayotganligi mintaqa tabiatida bundan buyon ham jiddiy ekologik vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mum­kin.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshishlash dasturlarini sgakllantrish va amalga oshirishni takomillashtrish chora-tadbirlari to’g’risida qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga muvofiq hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini sifatli shakllantirishni va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
3. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
261-son Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qaroriga
1-ILOVA
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar

Download 46.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling