Bashirov sanjarning meliorativ geografiya fanidan mustaqil ishi


Download 46.42 Kb.
bet4/4
Sana23.09.2023
Hajmi46.42 Kb.
#1686189
1   2   3   4
Bog'liq
Tog‘ oldi va tog‘ yonbag‘rlarining hozirgi meliorativ holati va

Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
2. Meliorativ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash Hukumatning yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Davlat dasturi besh yil muddatga ishlab chiqiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
meliorativ obyektlar — kollektor-drenaj va yuza tashlama suvlarni to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmog‘ini (inshootlar bilan birga), vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalari va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari;
drenaj (ochiq va yopiq) — drenaj suvlarini to‘plash va ularni sug‘oriladigan yer uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan suv xo‘jaligi obyekti;
yopiq gorizontal drenaj — drenaj suvlarini to‘plashga va sug‘oriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan yopiq quvurli tarmoqlar tizimi;
vertikal drenaj qudug‘i — yer osti bosimli va sizot suvlarni chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat ko‘rsatilayotgan maydonning meliorativ holatini yaxshilash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat bo‘lgan inshoot;
ochiq drenaj — drenaj suvlarini to‘plash va ularni sug‘oriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan kanal (inshootlar bilan birga);
kollektor — asosan drenaj tarmog‘idan drenaj va tashlama suvlarni qabul qilish va uzatishga, shuningdek ularni sug‘oriladigan hudud tashqarisiga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan kanal (inshootlar bilan birga). Xizmat ko‘rsatish hududi bo‘yicha kollektorlar magistral (viloyatlararo), tumanlararo kollektorlar va xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlariga bo‘linadi;
magistral (viloyatlararo) kollektor — bir viloyatdan ortiq hududni kesib o‘tadigan ochiq kollektor;
tumanlararo kollektor — bir viloyat chegarasida bittadan ortiq tuman hududini kesib o‘tadigan ochiq kollektor;
xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmog‘i — bir tuman hududida joylashgan ochiq va yopiq kollektorlar va drenaj tarmog‘i;
meliorativ nasos stansiyasi (agregat) — drenaj-tashlama suvlarni olish va chiqarib tashlash joyiga ko‘tarish yo‘li bilan kollektorning loyihadagi suv o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydigan mashinali suv ko‘tarish gidrotexnik inshootlar majmui;
kuzatuv tarmog‘i — sug‘oriladigan yerlarda sizot suvlar sathini o‘lchash va ularning sifatini o‘rganish maqsadida namuna olish uchun barpo etiladigan kuzatuv quduqlari tarmog‘i
Bundan tashqari bu borada bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan.

Xulosa
Eroziya, kuchli shamollar va boshqa shunga o’xshash tuproqni unumdorligiga ta’sir etuvchi jarayonlar asosan tekislik hududlarda sodir bo’ladi.Yurtimizning xaritasiga qaraydigan bo’lsak unung 70% qismi tekislik yani cho’llardan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin.Lekin bu degani qolgan xududlarda bu jarayonlar sodir bo’lmaydi degani emas. O’rta Osiyo respublikalari territoriyasidagi Pomir, PomirOloy, Tyan-Shan tog’’ sistemalaridagi tuproqlarni o’z ichiga oladi. Tog’’ tuproqlarini iqlimi tekislikdan tog’’ cho’qqisiga ko’tarilgan sari iqlim o’zgaradi.Shu sababli bu joyda sho’rlanish kuzatilmaydi.Sababi tekislikda yer osti suvlari yer yuziga tog’larga nisbatan yaqin joylashgan va mumkin bo’lgan potensial bug’lanish kam.Bundan tashqari tog’larda nishablik tekislikka qaraganda katta bo’lganligi uchun yer osti suvlari ta’siri juda kam.Lekin tog’larda sel xafi mavjud bo’lib,bu jarayon tuproqni unumdor qatlamini yuvishi va bu yerdagi o’simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazishi mumkin.Bundan tashqari bu yerdagi min­taqa aholisining o‘tinga bo‘lgan ehtiyojining salmoqli qismi xali ham tog‘lardagi daraxt va butalarni ayovsiz kesish bilan qondirilmoqda. Bir vaqtlar tog‘ etaklarigacha tutashib ketgan o‘rmonlar ayrim tog‘ yonbag‘irlarini allaqachon tark etgani sir emas. Janubiy tog‘larning pastki qismlarida qalin pistazorlar mavjudi, odamlar yozda qop-qop pista terganligiga janubiy viloyatlar aholisining ko‘pchiligi guvoh bo‘lgan.
Xullas xozirgi vaqtga kelib insoniyat taraqqiyoti natijasida tabiatdan ko’r-ko’rona foydalanishi oqibatida turli xil nohush vaziyatlar vujudga kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Anоshkо V.S. Meliоrativnaya geоgrafiya. Minsk, 1987.
2. Jabbarоv Х. Meliоrativ geоgrafiya (o’uv uslubiy majmua). T, 2007.
3.Utarbaeva.K.A- O’zbekiston geografiyasi» fanidan Ma’ruzalar
matni Nukus - 2017
Download 46.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling