Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi
Farg‘ona vodiysida shaharlar vujudga kelishining asosiy xususiyatlari
Download 185.64 Kb.
|
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob
2.Farg‘ona vodiysida shaharlar vujudga kelishining asosiy xususiyatlari
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning ruivojlangan va aholisi zich joylashgan hududiga kiradi. Aholi joylashuvining qadimiy va zich rayonlaridan biri Farg‘ona vodiysi uch tomondan Pomir-Oloy, Tyan Shan va Farg‘ona tizmalari bilan o‘ralgan. Mintaqaning ichki tabiiy-iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, sersuv daryo va soylari, mineral resurslari va ishlab chiqarish kuchlarining mujassamlashuvi ko‘plab aholi manzilgohlarining to‘planishiga asos bo‘lgan. Maydoni uncha katta bo‘lmagan vodiyda (hududi respublika maydonining atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy-demografik salohiyatining 28,5 va shahar manzilgohlarining 35,1 foizi mujassamlangan. Demak, bu yerda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zichlik respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 7,5 marta ziyod. Mintaqa hozirda O‘zbekiston shahar aholisining 32,5 foizini mujassamlashtirgan holda (jami aholining 28,5 foizi), uning 16,7 foiz yalpi ichki mahsulotini ta’minlaydi. Shahar aholi manzilgohlari sonining eng ko‘p miqdori mazkur (423 ta) hududga tegishli. Mintaqaning shaharlar pramidasi mukammal shakllangan. Binobarin, Farg‘ona viloyatining hududiy urbanistik tarkibida uchta katta shaharlar mavjud. Farg‘ona mintaqasi shahar manzilgohlarining zichligi bo‘yicha birbiridan keskin farq qilmaydi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming rivojlanish va mujassamlashuv darajasi yuqori; xo‘jaligi intensiv yo‘nalishga ega, ishlab chiqarish kuchlari yaxshi hududiy tashkil qilingan Farg‘ona viloyatida har ming km2 ga 30,4 ta, hududi kichik Andijonda 20,6 ta, Namanganda 17,2 ta shahar manzilgohlari joylashgan. Demografik sig‘imi yuqori Andijon viloyati mamlakatimizning eng chekka sharqida, transchegaraviy hududda joylashgan. Mintaqa respublika hududiy mehnat taqsimotida avtomobilsozlik, yengil sanoat tarmoqlari, paxta va pilla yetishtirishga ixtisoslashgan. 2017-yilda u 5,8 foiz respublika yalpi ichki mahsuloti, 9,2 foiz sanoat va 10,7 foiz qishloq xo‘jalik mahsulotini ta’minlagan. Andijon viloyatda 11 ta shahar va 5 ta shaharchada jami aholining 29,1 foizi istiqomat qilgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday demografik ko‘rsatkichi respublika o‘rtacha darajasidan (35,8 % ) birmuncha past bo‘lgan. Yangi shaharchalaming eng ko‘pi (17 ta) Andijon, Oltinko‘1 (11 ta), Marhamat (9 ta) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Jalalquduq va Xo‘jaobodda 6 tadan, Ulug‘nor va Qo‘rg‘ontepada bittadan agroshaharchalar tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda Andijonda 11 ta shahar va 78 ta shaharchalar mavjud bo‘lib, ulaming barchasida 1551,7 ming kishi yashaydi. Ulardan eng kattasi viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi Andijon bo‘lib, unda 421,9 ming aholi istiqomat qiladi. Mintaqaning shaharlar tarkibi deyarli to‘liq. Bu ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, mintaqa hududiy mujassamlashuv darajasining o‘ziga xosligidan dalolat beradi. Chunonchi, viloyat markazi Andijon - yirik, Shahrixon, Asaka - o‘rta shaharlar guruhiga kiradi. Viloyat shaharlar ierarxik pog‘onasida katta shahar yo‘q. Shahrixon tobora “yuzminglik” shaharlar ostonasiga yaqinlashib kelmoqda. Aholisi 20-50 ming kishi, ya’ni “yarim o‘rta” shaharlar soni 13 ta bo‘lib, shaharlar tizimining 14,6 foizini egallaydi. Andijonda shahar tashkil etuvchi tarmoqlar tor ixtisoslashuvga ega. Asaka va Shahrixon sanoat markazlari sifatida, savdo va transport infratuzilmasining rivojlanishi asosida Qorasuv, Xonobod shaharlari vujudga keldi. Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon kabi “resurs” shaharlaming shakllanishida tabiiy boyliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Viloyatdagi mavjud shahar joylaming tashkil topishi va funksional xususiyatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, zamonaviy Andijon ko‘p fimksiyali, iqtisodiy, siyosiy, fan va madaniyat markazi vazifasini bajaradi. Qadimiy Andijon shahri (IX asr) azaldan demografik, madaniy va ma’muriy salohiyati, qulay transport-geografik o‘mi, savdo va hunarmandchilik markazi sanalgan. Ayniqsa, Temuriylar davrida shahar Farg‘ona vodiysining iqtisodiy va siyosiy poytaxti funksiyasini bajargan. Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur mazkur shaharga “Movarounnahrda Samarqand va Keshdan keyin Andijondan kattaroq istehkom yo‘q”, deya ta’rif bergan. Farg‘ona viloyati shaharlar to‘ri va hududiy tizimini vujudga kelishida gidrografik to‘r, tabiiy resurslar, iqtisodiy geografik o‘rin, mehnat va infratuzilma salohiyati kabi omillaming ta’siri kuchli. Viloyatdagi shaharlaming ayrimlari qadimdan aholi zich joylashgan qishloqlar o‘mida paydo bo‘lgan. Farg‘ona mintaqasi shaharlar to‘rining kengayishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan boshlangan bo‘lsa, so‘nggi 1989-yilgi aholi ro‘yxatidan keyin Muqimiy qishloq aholi punkti shahar tipidagi posyolka maqomini oldi, xolos. Mintaqa shaharlari turli tarixiy davrlarda tashkil topgan bo‘lsa-da, ulami rivojlantirish hamisha davlat boshqamvi diqqat markazida bo‘lgan. Chunonchi, foydali qazilma konlari va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar negizida shaharlami shakllantirish yoki Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq Ittifoqning g‘arbiy hududlaridan zavod, fabrikalami ushbu hududga joylashtirilishi maqsadli dasturlar doirasida amalga oshirilgan. Farg‘ona viloyati aholi manzilgohlarining shakllanishida birlamchi omil gidrografik to‘r, xususan, Oloy tog‘laridan oqib tushadigan daryolar (So‘x, Isfara) konussimon deltalari xizmat qiladi. Binobarin, So‘x daryosi Qo‘qonga, Shohimardonsoy Marg‘ilonga hayot bag‘ishlagan. Mazkur konussimon yoyilmalarda boshqa hududlarda uchramaydigan aholi joylashuvining o‘ziga xos shaklini ko‘rish mumkin. Masalan, azaldan aholi manzilgohlari nihoyatda zich joylashgan So‘x deltasi endilikda o‘ziga xos hududiy majmuani hosil qilgan. Shuningdek, Katta Farg‘ona, Janubiy Farg‘ona va Katta Andijon kanallari, ko‘plab irrigatsiya shaxobchalari hamda yo‘llar bir-biriga tutashgan aholi punktlarini shakllantirgan. Demak, bundan ko‘rinadiki, shaharlaming katta-kichikligi bilan ularning suv resurslari hajmi o‘rtasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Shaharlar to‘rining asosi - “sinch”lari sifatida g‘arbda Qo‘qon va sharqda Farg‘ona-Marg‘ilon yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Qo‘qon shahri shakllanishining o‘ziga xos xususiyati, birinchidan, So‘x daryosining qadimiy konus yoyilmasi bo‘lsa, ikkinchidan, vodiyning kengaygan kirish qismida joylashganligi bilan izohlanadi. Ayni vaziyat ishlab chiqarishning markazlashuvi va shahar manzilgohlarining murakkab tizimi yoki majmuasi - aglomeratsiyalami vujudga keltiradi. Qadimiy Qo'qon “ipak yo‘lida” Yevropa, Rossiyadan, Hind va Xitoyga “o‘tish” yo‘lida “savdo shahri” sifatida ham rivojlanib borgan. Manbalargaqaraganda, Qo‘qonhaqidagi dastlabki ma’lumotlarX asrlarga to‘g‘ri keladi. Arab sayyohi va geografi Istaxri va Ibn-Xauqol qo‘lyozmalarida shahami “Ho‘qand” yoki “Xavokand”, ya’ni “go‘zal shamol shahri” deya tasvirlaydi. Venger sayyohi H.Vamberi Qo‘qon etimologiyasi haqida “Xobkent” go‘zal vodiydagi joy so‘zidan kelib chiqqan, deya ta’rif bergan. Farg‘ona-Marg‘ilon aglomeratsiyasi. Shaharlaming tez o‘sishi, xususan, aholisining tez ortib borishi, ular hududining qo‘shilib ketishi, shaharlaming murakkab hududiy tizimlarini vujudga keltiradi. Politsentrik Farg‘ona-Marg‘ilon aglomeratsiyasi tarkibida 6 ta shahar (Quvasoy, Tinchlik, Farg‘ona, Marg‘ilon, Rishton), 5 ta shaharcha (Do‘stlik, Oltiariq, Yangi Marg‘ilon, Chimyon, Toshloq) va qator qishloqlar bo‘lib, bu yerda mintaqaning 30 foizdan ko‘proq aholisi istiqomat qiladi. Mamlakat shahrlar geografiyasida Namangan viloyati o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Mintaqa Farg‘ona vodiysining chekka shimolida, iqtisodiy rayonning Toshkent bilan tutash qismida joylashgan. Ma’lumki, qadimda daryolarning quyilish qismida yoki deltasida suv miqdoriga mos holda shaharlar paydo bo‘lgan, ko‘pgina soylar o‘zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan. Darhaqiqat, viloyat shahar manzilgohlari va aholi joylashuvida Chortoqsoy, Namangansoy, Kosonsoy hamda Katta Namangan, Shimoliy Farg‘ona, Katta Farg‘ona kanallari nihoyatda ahamiyatli. Shuningdek, viloyat shahar hosil qiluvchi omillardan tabiiy resurslar (polimetall va qimmatbaxo metallar neft, qurilish materiallari, shifobaxsh suvlar)ga boyligi bilan qo'shni Andijon va Fargona viloyatlaridan ajralib turadi. Viloyatning urbanistik tarkibida bitta katta shahar - Namangan bor, xolos. Viloyat markazida 2017-yil boshida 590,2 ming aholi bo‘lgan. Viloyatning “ikkinchi” shahri Chustda 71,6 ming atrofida, Chortoqda 55 ming, Kosonsoyda 52,5 ming aholi istiqomat qiladi. “Yarim o‘rta” shaharlar guruhi Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘onda 20,0-50,0 ming kishi atrofida. Qolgan shahar va shaharchalaming aholisi kichik shaharlar sinfiga mansub. Ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyati shaharlar guruhida kichik va o‘rta shaharlar ko‘proq rivojlangan. Download 185.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling