Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


Andijon viloyati kichik shaharlari


Download 185.64 Kb.
bet8/18
Sana07.04.2023
Hajmi185.64 Kb.
#1336460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

9.Andijon viloyati kichik shaharlari.
Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g‘arbi tekislik, sharqi qir-adirlardan iborat bo‘lib, tog‘ tizmalariga tutashgan. Maydoni 4,2 ming km.kv. Aholisi 3 million 66 ming 900 kishidan ortiq. Andijon viloyatida hozirgi vaqtda 14 ta tuman 11 ta shahar va 78 ta shaharchalar mavjud bo‘lib, ulaming barchasida 1551,7 ming kishi yashaydi. Ulardan eng kattasi viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi Andijon bo‘lib, unda 421,9 ming aholi istiqomat qiladi. Mintaqaning shaharlar tarkibi deyarli to‘liq. Bu ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, mintaqa hududiy mujassamlashuv darajasining o‘ziga xosligidan dalolat beradi.
Shuningdek, viloyat markazi Andijon - yirik, Shahrixon, Asaka - o‘rta shaharlar guruhiga kiradi. Viloyat shaharlar ierarxik pog‘onasida katta shahar yo‘q. Shahrixon tobora “yuzminglik” shaharlar ostonasiga yaqinlashib kelmoqda. Aholisi 20-50 ming kishi, ya’ni “yarim o‘rta” shaharlar soni 13 ta bo‘lib, shaharlar tizimining 14,6 foizini egallaydi.
Andijonda shahar tashkil etuvchi tarmoqlar tor ixtisoslashuvga ega. Asaka va Shahrixon sanoat markazlari sifatida, savdo va transport infratuzilmasining rivojlanishi asosida Qorasuv, Xonobod shaharlari vujudga keldi. Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon kabi “resurs” shaharlaming shakllanishida tabiiy boyliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Viloyatdagi mavjud shahar joylaming tashkil topishi va funksional xususiyatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, zamonaviy Andijon ko‘p fimksiyali, iqtisodiy, siyosiy, fan va madaniyat markazi vazifasini bajaradi.
Andijon obikor dehqonchilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlik materiallari konlari shaharning shundoq yonida. Shaharda og‘ir, yengil hamda oziq-ovqat sanoatiga tegishli 40 taga yaqin korxona ishlab turibdi. Ulardan paxta zavodi, to‘qimachilik hamda trikotaj fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirik korxonalar hisoblanadi. Asaka mamlakatning avtomobilsozlik markazidir. Bu yerda «Lacetti», «Chevrolet Tracker», «Chevrolet Captiva», «Malibu», «Kobolt» rusumli yangi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Asaka shahri Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan adirlik etagida joylashgan. Shaharni paxta dalalari, bog‘lar, tokzorlar o‘rab olgan. Shaharda
avtomobil zavodidan tashqari, paxta-moy zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoatining boshqa korxonalari, shisha va kislorod zavodlari, binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar bor. Shahar Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon yo‘nalishidagi yo‘llar ustida joylashgan.



Download 185.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling