To’pni egallash texnikasi
To’pni tortib olish.
To’pni urib chiqarish.
To’pni raqib qo’llaridan urib chiqarish.
To’pni olib yugurish paytida urib chiqarish
To’pni to’sib olib qo’yish
To’pni olib yugurganda to’sib olib qo’yish
To’pni otish paytida ushlab olish
Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish
O’zining shchiti oldida yoki ostida sapchigan to’p uchun kurashda to’pni egallash. (80-rasm)
To’pni pastdan ikki qo’llab uzatish. To’pni ikki qo’llab pastdan uzatish tizzadan pastga ilib oldinga yoki maydondan olinayotganda va pozitsiyani almashtirishga vaqt bo’lmaganda 4- 6 metr masofada qo’llaniladi. (66-rasm)
To’pni elkadan bir qo’llab uzatish. To’pni elkadan bir qo’llab uzatish to’pni yaqin va urta masofaga uzatishda qo’llaniladigan usuldir. Bunday uzatish uchun eng oz vaqt ketadi va to’pni yaxshi nazorat qilinadi. To’pni uchib chiqish vaqtidagi panjalarning qo’shimcha harakati o’yinchiga yo’nalish va katta diopazonda to’pning uchish traektoriyasini o’zgartirishga imkon beradi.
(67-rasm)
Bosh ustidan yoki tepasidan to’pni bir qo’llab uzatish: Qarshi hujumga o’tgan sherigiga to’pni tezroq butun maydon bo’ylab 10- 25 metrgacha yo’naltirishga imkon beradi.(68-rasm)
Yuqoridan bir qo’llab (“ilgak” usuli bilan) to’pni uzatish qattiq ta’qib qilinayotgan raqibning ko’tarilgan qo’llari ustidan to’pni o’rta va ayniqsa uzoq masofaga yuborish kerak bo’lgan vaqtga qo’llaniladi.(69-rasm)
Pastdan bir qo’llab uzatish. Yaqin va o’rta masofalarga, raqib to’pni yuqorida tutib olishga zo’r berib harakat qilgan paytda bajariladi. To’pni sherigiga raqibning qo’li ostidan yo’naltirishadi.(70-rasm)
Yondan bir qo’llab to’p uzatish. Bir qo’l bilan yondan uzatish bir qo’l bilan pastdan oshirishga o’xshash. U to’pni sherigiga yaqin va o’rta masofaga raqibning chap va o’ng tomondan yo’naltirishga imkon beradi. (71-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |