Basketbol sport turidan o'quv trenirovka yig'inlari o'tkazish usullari
Download 166.19 Kb.
|
BASKETBOL SPORT TURIDAN O\'QUV TRENIROVKA YIG\'INLARI O\'TKAZISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ataylab qilingan fol
- O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol.
- Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol.
- 4.6. Hakamlar
Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi.
Texnik fol o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi. Ataylab qilingan fol – hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir. Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol (diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi. Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol. Hakam fol bo’lganligini qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan savatga to’p (to’plar) otish bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u barmoqlari bilan aybdor jamoaning jarima chizig’ini ko’rsatadi. Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki o’yinchilarining olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi oladigan follari uchun jarima chizig’idan 2 ta jarima to’pi otish imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir chorakda jamoani 4 ta foli alohida-alohida hisoblanadi. 4.6. Hakamlar Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi. Ularga soniya hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik komissar ham qatnashishi mumkin. Hakamlarning imo-ishoralari
Download 166.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling