Bastakorlar ijodi
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- XX ASR 60–80-YILLAR BASTAKORLIGI NAMOYANDALARI
Amaliy mashg‘ulot: M. Mirzayev, G‘. Toshmatov, K. Jabborov,
F. Sodiqov va S. Kalonovlarning ijodiy faoliyatini o‘rganish. Har bir bastakorning mumtoz uslubda yaratgan asarlaridan namunalar tinglash. «Surating», «Yakka bu Farg‘onada», «Parvo etib kel», «Ko‘zlaring», «Ko‘rsatmagay», «Bir go‘zal bordir», «Ey, chehrasi tobonim», «Zulayho bo‘lsang», «Ey, sarvi ravon», «Kuyla dilkash dutorim», «Yetmasmidim», «Tokay», «Nazzora qil», «Farg‘ona tong otguncha», «Bir ishva bilan», «Tamanno», «Tortadur» va h.k. Ularning ijodiy uslublarini ajratib olish va maqomlar ijodiyoti hamda xalq ijodiyoti bilan umumiylik jihatlarini aniqlash. Bastakorlar ijodidan bittadan asarlarini tinglab tahlil qilish. Ularning o‘zbek mumtoz musiqa san’ati rivojidagi o‘rni, qo‘shgan hissasi va ijodining tarixiy ahamiyati xususida. Nazorat savollari O‘zbek bastakorlik ijodi namoyandalarining ushbu davr vakillari xususida nimalarni bilasiz? M. Mirzayev, G‘. Toshmatov, K. Jabborov, F. Sodiqov va S. Kalonovlarning bastakorlik ijodi namunalari va ularning janrlik hamda ijroviy tomonlarini gapirib bering. M. Mirzayev, G‘. Toshmatov, K. Jabborov, F. Sodiqov va S. Kalonovlarning yaratgan asarlari va uslublarini mushohada qiling. Yosh avlod munosabatlari bilan solishtiring. XX ASR 60–80-YILLAR BASTAKORLIGI NAMOYANDALARI O‘zbek bastakorlik ijodiyotida ushbu davr o‘ziga xos vohalarning muqimlashishi va namoyandalarning faolligi natijasida samarali ijod jarayoni o‘taganligini qayd etish mumkin. Eng muhimi, bastakorlik ijodiyotida maqom san’atining namunalariga xos asarlar yaratish hamda mumtoz asarlarni turkumlash amallari ko‘rina boshladi. Bunga Buxoro, Xorazm, Andijon, Toshkent bastakorlik maktablarining namoyandalari o‘ziga xos munosabatda bo‘ldi. «Ushbu davrda, – deb yozadi musiqashunos R. Abdullayev, – M. Akbarov (Qo‘qon), F. Mamadaliyev, M. Tillayev, G‘. Hojiqulov, Y. Yunusov (Andijon) va boshqa bastakorlarning qo‘shiq ijodiyoti faollashdi»1. Albatta, O. Hotamov (Toshkent), S. Xoldorxo‘jayev (Namangan), R. Tursunov (Qashqadaryo), O. Xudoyshukurov (Xorazm), M. Madaliyev (Marg‘ilon), S. Hamroqulov (Samarqand) kabi bastakorlarning ham ijodini qayd etish lozimdir. Faqat Andijon bastakorlik maktabining o‘zidan bir qator bastakorlar o‘z ijodi bilan ajralib chiqdi. Fattohxon Mamadaliyev, Yunusqori Yusupov va G‘ulomjon Hojiqulovlar bastakorlik ijodlarida an’anaga asoslangan o‘ziga xos uslub yaratganliklarini ham e’tirof etish lozim. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling