Bastakorlar ijodi
Fattohxon Mamadaliyev (1923 – 1999)
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
Fattohxon Mamadaliyev (1923 – 1999)O‘zbekiston xalq hofizi, mashhur xonanda, mumtoz musiqa yo‘lida bir qator asarlar yaratgan bastakor Fattohxon Mamadaliyev 1923-yili Farg‘ona vodiysining Andijon viloyati Baliqchi tumani Haqqulobod qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan. Bolalik chog‘laridan xalq musiqa ijrochiligiga katta mehr qo‘ygan. Qishloqning madaniyat uyi qoshidagi badiiy havaskorlik to‘garagida tanbur, dutor kabi cholg‘ular ijrochiligini o‘rgana boshlaydi. Andijonlik mashhur g‘ijjakchi sozanda Mo‘minjon Karimov unga nafaqat cholg‘u ijrochiligi, balki xonandalik sirlarini ham o‘rgatadi. Ayniqsa, u o‘z zamonasining keksa avlod hofizlarining ijrolariga katta e’tibor bilan yondashadi va ularning ijro uslublarini hamda ijro repertuarlarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. 1 Р. Абдуллаев. Фольклор и профессиональная музыка устной тра- диции. //История узбекской музыки.// III том. – Т., 1991. C. 39. U 1968-yili Andijon davlat pedagogika institutining tarix- filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Ijodiy faoliyatini musiqa san’atining rivojiga bag‘ishlashga ahd qiladi. Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Izboskan kabi tuman madaniyat uylarida, Andijon davlat pedagogika institutida havaskorlardan iborat «Maqomchilar ansambli» jamoalarini tashkil qiladi. Faoliyati davomida ularga ustozlik va maslahatchi- ko‘makdoshlik qilib turdi. Andijon shahar madaniyat uyi qoshida tuzgan «Maqomchilar ansabli» bilan ijod qiladi. 1985-yildan boshlab umrining oxirgi damlarigacha M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi (hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) Sharq musiqasi (keyinchalik An’anaviy ijro- chilik) kafedrasida faoliyat olib boradi. Mashhur hofiz an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo‘yicha tala- balarga qariyb o‘n besh yil davomida saboq berdi. Ushbu jamoada dotsent, so‘ngra 1993-yildan professor lavozimlarida pedagogik faoliyat olib boradi. Shu davr ichida bir qator iqtidorli xonandalar- ni kamolot sari tarbiyalaydi. Maryam Sattorova (O‘zbekiston xalq artisti), Soyib Niyozov (O‘zbekiston xalq hofizi), Abror Parpiyev (Nihol mukofoti sovrindori) kabi taniqli san’atkorlar shular jumla- sidandir. F. Mamadaliyev an’anaviy xonandalikning ijrochilik mezonlari, bastakorlik an’analari muammolari bilan qiziqib o‘rganib kelgan va ularni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilishga harakat qilgan. Shulardan biri xalq mumtoz ijrochiligidagi hofizlar ovozi xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy mushohadalardir. Muallifning ilmiy maqola tarzida bayon etilgan ishlari uning vafotidan so‘ng «Musiqa ijrochiligi masalalari»1 nomi bilan dunyo yuzini ko‘rdi. 1 F. Mamadaliyev. Milliy musiqa ijrochiligi masalalari. – T., 2001. Mas’ul muharrir va nashrga tayyorlovchi s.f.n., professor R.Yunusov. Musiqa ijrochiligi amaliyotida Fattohxon Mamadaliyev hofizlik, ya’ni xonandalik bilan birga an’anaviy musiqa bastakorligiga ham katta e’tibor bergan. Uning bastakorlik ijodida 4 uslub ustuvordir. Jumladan: 1) qadimiy kuylarni qaytadan tiklash; 2) musiqiy meros namunalarini yangicha uslubda talqin etish; 3) musiqiy meros namunalaridan o‘rin olgan asarlarni turkumlashtirish; 4) bastakorlik ijodi (original asarlar). Ijodidagi ahamiyatli omil, ishlangan va yaratilgan asarlar, bastakor uslubiga mos ekanligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, «Intizor» (Ulfatiy so‘zi), «Oqibat», «Sog‘indim», «Falak», «Mehmon», «Judo keldi» va «Yuzni hajri- da» (Nodira so‘zlari), «Ahd qildim» (Muqimiy so‘zi), «Jononim mening» (Hayratiy so‘zi), «Orzu» va «Dehqonlarim» (V. Sa’dullo g‘azali), «So‘rmasa», «Kalomingdan» va «Dilkusho» (H. Azimov so‘zi), «O‘lmag‘ay» (Navoiy g‘azali), «Ko‘ngil» va «Sirri ishqim» (X. Yahyoyev so‘zi), «Ra’no gullari» va «Sog‘inurman» (O. Xoldor so‘zi) kabi ashulalarni misol qilish o‘rinlidir. Bastakorning ijodidan o‘rin olgan asarlarning aksariyati maqom yo‘llariga xosligi bilan xarakterlanadi. Barchasida shakl, usul, matn, dramatik rivojlar aynan maqomlarga xosligini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga avj tizimiga katta e’tibor qaratilganligini ham qayd etish mumkin. Bunga yorqin misol Ogahiyning «Dedi» radifli g‘azaliga bastalagan «Dard-u dilim» ashulasidir. G‘azalda o‘ziga xos muloqot mavjud: Dard-u dilim ango dedim, dema ani mango dedi, Kim manga oshiq o‘lsa, ul lozim erur ango dedi. Bastakor ana shu muloqotga xos kuy yaratishga muvaffaq bo‘lgan va bu ohang so‘z birgaligida go‘zal uyg‘unlikka erishgan. Ashulaning originalligi va mavzuyi jihatdan o‘ziga xosligi boshlanish ohanglaridan sezilib turadi. 24-misol: Asar ikkita yirik avj bilan ijro etilgan, birinchi avjlar tizimi ashulaning to‘liq shaklini ifodalab beradi. Bastakor unga yana bir katta avjni qo‘shgan. Bu avj asarning yuqori cho‘qqisi va dramatik kulminatsiyasi sifatida xizmat qiladi. Asarni ijro etish uchun katta ovoz ko‘lami kerak bo‘ladi. Fattohxon Mamadaliyevning bastakorlik ijodiyotidagi qadimiy kuylarni qaytadan tiklash amalida «Umrzoq Polvon Ushshog‘i» va «Zikri Ushshoq» (Qadimiy Ushshoq) kabi musiqiy namunalarni us- tozlar talqiniga xos holda qayta ishlab tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu asarlar, ayniqsa, «Qadimiy Ushshoq» ijrochilik amaliyotida keng ommalashdi. Bastakorning musiqiy meros tarkibidagi asarlarni turkum- lashtirish ham alohida e’tiborlidir. Bastakor tomonidan bir qator musiqiy namunalar an’anaga mos holda turkumlashtirildi. Bular sakkiz qismli «Miskin» musiqiy namunasi (Muqimiy, Sakko- kiy, Furqat, Miskin, Ulfat va Turob To‘la she’rlariga), sakkiz qismli «Ushshoq» namunalari (Uvaysiy, Furqat, Navoiy, Ogahiy, Gavhariy g‘azallariga), to‘rt qismli «Nasrulloiy» turkumi (Navoiy, F. Mamadaliyev va Ulfat she’rlariga). Ular «Shashmaqom»ning ikkinchi guruh sho‘balariga xos va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga mos turkumlashuv tamoyillariga tayangan holda ijod etilgan. Mazkur asarlarda birlamchi asosiy ko‘rinishlar keti- dan zaruriy ravishda o‘rin olishi lozim bo‘lgan – Talqincha, Qashg‘archa, Soqiynoma va Ufor tizimidagi kichik turkum- ga xos asarlar kiritilgan. Bastakor tomonidan turkumlashtiril- gan «Munojot» va «Savti Fattohxon» turkumlari esa nisbatan ixcham shakllarga ega bo‘lib, faqat Alisher Navoiy g‘azallaridan foydalanilgan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling