Bastakorlar ijodi


Download 1.84 Mb.
bet3/39
Sana23.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1225731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
bastakorlar ijodi

I bob. BASTAKORLIK IJODI TARIXI



    1. ILK O‘RTA ASRLAR BASTAKORLIGI

O‘zbek xalq musiqa merosi boy va uzoq o‘tmishga ega. Uning ildizlari ming yillik tarixga egaligi manbalarda zikr etib kelinadi. O‘zbek bastakorlik ijodiyotini ilmiy tadqiq etgan musiqashunos olim


T.B. G‘ofurbekovning yozishicha: «Milliy bastakorlik san’ati – yillar va asrlargina emas, balki ming yilliklar davomida barcha sinovlarga bardosh berib, usluban sanog‘i yo‘q musiqiy bitiklar tevaragida o‘z an’analarini yo‘qotmay kelmoqda»1. Albatta, bastakorlik ijodiyotining ilk qadamlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu aslida muqarrar jarayon. Chunki har qanday ijod mahsuli insoniyat tafakkurining mevasi hisoblanadi. Oddiy xalq musiqa namunalari ham sodda bo‘lsa-da, insoniyatning yaratuvchanlik harakatlarining mevasidir. Lekin, ijodning mumtozlik, ya’ni kasbiylikka xos bo‘lgan namunalari aynan bastakorlik an’analariga xos deb e’tirof etib kelinadi.
Ma’lumki, bastakorlik sohasi ijrochilik an’analarining pirovardi sifatida yuzaga kelgan. Ijrochilik an’analarini mukammal o‘zlashtirgan, musiqa merosini idroklagan va merosga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish iste’dodi bo‘lgan yetuk xonanda va sozandalarning amaliyotida qaror topgan. Bastakorlik amaliyotining o‘zi bir qator tabiiy, hayotiy va ijodiy qoidalarga asoslanib shakllangandir. Ushbu qoidalar, avvalo, milliy qadriyatga, makon va zamonga, shakl-ushamoyilga, xarakterga va qolaversa, bir qator musiqiy unsurlarni o‘zida mujassam etishi bilan xarakterlanadi. Chunki musiqa nazariyasi bilan bog‘liq jihatlar, yaratilgan har qanday bastakorlik asarlarini shakliy, lad-tonallik, o‘lchov-ritmik, mavzuiy, ohang rivoji, funksionallik kabi xususiyatlari asar tarkibini tashkil
1 T. G‘ofurbekov. Bastakorlik ijodiyoti tarixidan. //Saylanma. – T., 2009. 9-b.
etuvchi unsurlar bilan bog‘liqdir. Bu unsurlar musiqa asarining asosiy negizini ta’minlab beradi.
Musiqa san’atining kasbiylik an’analarida yuzaga kelgan mumtoz namunalar, xalq marosimlari jarayonida yaratilib kelingan kuy va qo‘shiqlar o‘ziga xos an’analar asosida zamonlar osha yashab, rivojlanib kelmoqda. Odatda, bastakorlik ijodiyoti bir-biridan kelib chiqqan ikki qatlamga bo‘linadi. Birinchi qatlam – xalq musiqa ijodiyoti, ya’ni xalq tomonidan yaratilib kelingan folklor musiqasi. Ikkinchisi – musiqa ijrochiligi amaliyoti; meros bo‘yicha muayyan bilimga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni bastakorlar ijodiyoti natijasida yaratilgan mumtoz musiqiy asarlaridir. Bastakorlik ijodiyotining eng yirik va mukammal shakli maqomot tizimiga kiruvchi asarlardir. Bastakorlik amaliyotida shakllanib maqomot shakligacha rivojlangan janrlar, manbalarda amal, qavl, parda, nag‘ma, ovoz, naqsh, peshrav, savt, chorzarb, kor, tarona kabi iboralarda tasvirlanib kelingan. Ushbu iboralarning amaliyoti va ijodiyoti xususida, tarixda bitilgan musiqiy risolalar, turli ilmiy va badiiy adabiyotlarda aks ettirilganligini qayd etish lozimdir.
Bastakorlik ijodi va umuman, musiqa san’atining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar, IX–XVII asrlarda yashab ijod etgan Al- Kindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bag‘ishlangan risolalarida musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o‘zaro bog‘liq holda shakllanib kelgan.
Markaziy Osiyo hududida VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrning boshlarida yashagan afsonaviy sozanda, xonanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodiy ijrochilik merosi kasbiy musiqa ijodiyotining ilk qadamlari deb e’tirof etiladi. Manbalarda bastakorlik ijodiyoti, ajam xalqlarining keyingi tarixiy rivoji yo‘lida
o‘ziga tasnif etilganligining guvohi bo‘lamiz. Bu jarayonni Abul Faraj al-Isfahoniy o‘zining «Qo‘shiqlar kitobi» asarida muxtasar qiladi va VII–IX asrlarda yaratilgan 1000 ga yaqin qo‘shiqlar haqida ma’lumotlar bayon etadi.
Bastakorlik ijodiyotining tadrijiy jarayonida «Ilk o‘rta asrlar bastakorligi», «Borbad ijodi», «Abul Faraj al-Isfahoniy ijodi va xususan, uning «Qo‘shiqlar kitobi» alohida ahamiyatga egaligi fanda e’tirof etiladi. Shu bois bu mavzularni alohida o‘rganish va o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling