Bastakorlar ijodi


Download 1.84 Mb.
bet14/39
Sana23.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1225731
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Amaliy mashg‘ulot: O‘zbek bastakorlik ijodiyotida mahalliy uslublar talqini va o‘ziga xos jihatlari. Musiqiy namunalar orqali mahalliy uslublarga xarakterli bo‘lgan jihatlarni ochib berish. Mahalliy uslublar negizida bastakorlik ijodiyotida qo‘llaniladigan musiqiy iboralar, usullarning o‘ziga xosligi va turkumli asarlarda yetakchi hisoblangan «Saraxbor», «Tani maqom» kabi asarlarni tinglab vohaviy xususiyatlari tavsifini o‘rganish.
Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo-Qashqadaryo va Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslublariga xos musiqiy namunalar bilan tanishish.
Tayanch so‘zlar: voha, mahalliy, lokal, uslub, maqom yo‘llari, turkum, suvora, katta ashula, cholg‘u yo‘llari.
Nazorat savollari

  1. O‘zbek bastakorligida qanday mahalliy uslublar mavjud va ularga tushuncha bering.

  2. Mahalliy uslublarning o‘ziga xos jihatlari va janrlaridagi uyg‘unlik hamda janrlar ko‘lami.

  3. Mahalliy bastakorlik maktablar namoyandalari, ularning hayoti va ijodi xususida nimalarni bilasiz?

  4. Xorazm, Buxoro va Farg‘ona bastakorlik maktablari namoyandalarini sanab o‘ting?

Madrahim Sheroziy va Mulla To‘ychi Toshmuhamedov.

    1. BUXORO-SAMARQAND BASTAKORLIK MAKTABI

Buxoro-Samarqand bastakorlik maktabi o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosining eng mukammal janri bo‘lgan maqomlar yaratilishida asosiy zamin bo‘lgan. Buxoro maqomlari ta’sirida o‘zbek mumtoz musiqa ijodiyotining boshqa vohalarda shakllanishi va rivojlanishi, turli janrlarga ta’siri va mumtozlik kasb etishini alohida qayd etish lozimdir.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroning musiqa ijodiyoti va ijrochiligi amaliyotida Mirzo Hidoyat, Mullaboy, Abdurahmonbek, Abdulxayr Mahmud, Mirbobo, Mirvose’ kabi musiqa bilimdonlari faoliyat olib borganlari xususida manbalarda ma’lumotlar zikr etilgan.
Qayd etish joizki, maqom san’ati Markaziy Osiyo miqyosida aynan Buxoroda shakllangan. Uning shakllanish jarayoni bir qator o‘ziga xos xususiyatlar doirasida qaror topgan. Mukammal asarlar turkumi yetuklik va mohirlik bilan ijro etilgan ijrolar bir qator chig‘iriqlardan o‘tgandan so‘ng meros shaklida tarkib topadi. Asarlarning tarkib topishida ijrochilik an’analarining ta’siri beqiyosdir. Ijrochilik musiqiy merosning shakllanishida bitmas-tuganmas ilhom manbayi sifatida muhim ahamiyat va katta manba bo‘lib kelgan. Chunki bir-biridan o‘rnak, rang olib va boshqa xususiyat va sifatlaridan bahramand bo‘lib, «O‘xshatish»,
«Savt», «Nazira», ilhomlanish, qayta ishlash, moslashtirish kabi ijod uslublari orqali maqomlar va mumtoz musiqa namunalarining shakllanishida alohida o‘rin kasb etib kelgan.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida yashab ijod etgan va ustozona musiqasining bilimdoni sifatida tarixga nomi bitilgan san’atkor, maqomdon hofiz Ota Jalol Nosirov Buxoro bastakorlik maktabining yorqin namoyandalaridan biridir.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling