Bastakorlar ijodi
Ota G‘iyos Abdug‘ani (1859–1927)
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852–1936)
Ota G‘iyos Abdug‘ani (1859–1927)Ota G‘iyos Abdug‘ani – Buxoro ijrochilik maktabining yorqin namoyandasi, mashhur tanburchi va musiqashunos. Faoliyati davomida «Shashmaqom»ning mushkilot bo‘limiga te- gishli aksariyat kuylar ijrochiligini mukammal egallagan. Ota G‘iyos uzoq yillar davomida saroy sozandasi sifatida faoliyat olib borgan. XX 1 O. Matyoqubov. Maqomot. – T., 2004. 291-b. asrning 20-yillarida Buxoroda ochilgan «Sharq musiqa maktabi»da sozandalikdan ustozlik qiladi. Asosan «Shashmaqom» cholg‘u yo‘llaridan saboq bergan, tanbur chalishni o‘rgatgan. Ota G‘iyos ham 1923-yilda V.A. Uspenskiy rahbarlik qilgan «Shashmaqom»ning notaga yozib olinishida qatnashadi. U shu davrning taniqli hofizi Ota Jalol, maqom bilimdonlari Mirzanazrulloh Tanburiylar bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Natijada notaga olingan Buxoro «Shashmaqom»i to‘plam bo‘lib, 1924-yili nashr etiladi. Ota G‘iyos o‘z davrida tanbur ijrochiligida o‘ziga xos maktabga asos soladi. Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852–1936)Hoji Abdulaziz Abdurasulov XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshida yashab ijod etgan o‘zbek bastakorlik san’atining yorqin namoyandasi, betakror ovoz sohibi, xonanda va sozanda, mumtoz yo‘nalishda bir qator asarlar yaratgan bastakor. U Samarqandda tug‘ilgan. Yoshligidan samarqandlik usta tanburchi Hoji Rahimberdi qo‘lida tarbiya oladi. Xalq yo‘llari, ayniqsa, «Shashmaqom» tarkibidagi cholg‘u va ashula yo‘llarini qunt bilan o‘zlashtirib ijodiy barkamollikka yetishgan. Hoji Abdulaziz Abdurasulov dutor va tanbur ijrochiligida faoliyat olib borgan. Ayniqsa, dutor sozini mohirona cherta olgan va dutor ijrochiligida o‘zining shaxsiy ijro uslubiga ega bo‘lgan. Uning ovozi esa beqiyos tembrga, kuchli, shiddatli va eng muhimi, ta’sirchanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan. «Shashmaqom» ilmini u Buxoroda mashhur san’atkor Ota Jaloldan o‘rganadi. Faoliyati davomida u zamonasining zabardast san’atkori, mohir sozanda, xonanda va beqiyos bastakori hamda bir qator taniqli shogirdlar tarbiyalagan ustoz darajasigacha yetadi. Uning yarat- gan «Guluzorim» (A. Navoiy g‘azaliga Amiriy muhammasi), «Gullar bog‘i» (Nodira g‘azali), «Bebokcha» (A. Navoiy so‘zi), «Bozurgoniy» (Fuzuliy g‘azaliga Vola muhammasi), «Samarqand Ushshog‘i» (Zebuniso g‘azali) ashulalari mukammalligi, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bastakorning «Tarannum», «Sayli Qa- landariy» kabi cholg‘u kuylari esa aynan dutor ijro yo‘llarining yorqin namunasiga aylangan. Bastakorning yaratgan asarlari o‘zbek musiqiy meros namunalariga aylanib, yosh avlodlar tomonidan katta ishtiyoq va mehr bilan o‘zlashtirilib ijro etib kelinayotgan- ligini e’tirof etish lozim. Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqa bilimining o‘ziga xosligi, uning ijodidan o‘rin olgan asarlarida aks etgan. O‘zbek musiqa merosining qaysi janri yoki qaysi mahalliy uslubidan ta’sirlansa, ularga xos asarlar yaratishga erishgan. Uning «Bebokcha» asari Farg‘ona vodiysining yo‘nalishiga xos bo‘lsa, «Bozurgoniy» asari xorazmcha ohang-u sayqallarga boy, «Qurbon o‘zlan» Ozarbayjon mug‘omi uslubi asosida, «Guluzorim» esa haqiqiy Samarqand vohasining ijro an’analarini o‘zida jo etganligi bilan qadrlidir. «Guluzorim» ashulasining shakli va rivojlanish tizimi maqom yo‘llariga xosdir. Buni biz kuy tuzilishi, lad va usul tizimida ko‘rishimiz mumkin. Asar maqomlarga xos (re) miksolidiy ladida yozilgan. O‘lchov-ritmik asosi esa 3/4 o‘lchovidagi mumtoz usulga asoslagan. Usulning o‘zi asarga ko‘tarinkilik baxsh etadi. Ehtiros va joziba nuqtayi nazaridan asarning sur’atiga qarab ba- dihaviy yondashish imkoniyatlari mavjudligini qayd etish mum- kin. Asarning daromad qismida maqom ashula yo‘llariga xos barcha asosiy jihatlarga asoslanganligi namoyon. Asarda mavzusi ko‘rinishida, bastakorning xalqona uslubga xos original ohang yaratganligini ko‘rish mumkin. 1-misol: Asarda shakliy bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyili ham saqlangan va eng muhimi, bastakor maqom ijodkorlarining an’analariga xos avj tizimini qo‘llagan. Unda nihoyatda zargarona uslubda «Zebo Pari» avji qo‘llanilganligining guvohi bo‘lamiz. Bastakor maqom an’analarini mumtoz ashula ijodiyotida erkin qo‘llash mumkin ekanligi ustalik bilan ko‘rsatib o‘tgan. 2-misol: Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling