Bastakorlar ijodi
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustod Zaytun g‘ijjaki
- Mavlono Axi Hitoriy
- Mir Ali Akbar Samarqandiy
- Ustod Shodi
G‘ulom Ali Shunqor – musiqada davrining betakror bilimdonlaridan biri. Tutuq begim xizmatida bo‘lim, o‘zining ijodini, savt-u naqshlarini unga bag‘ishlagan. Turkiy zarb usuli asosida, dugoh ohanglaridagi «Savt-u naqsh» asari ham xalq orasida «Savt-u Nashiq begim» nomi bilan keng ommalashgan deb baho beradi; Ustod Zaytun g‘ijjaki – maqom ijodiyotida ko‘proq peshravlar bog‘lagan. Ulardan biri Husayniy maqomida davri saqil usuli asosidagi asardir.
Xon Ahmad G‘iloniy – musiqa ilmida, ijodiyotida va ijrochiligida unga teng keladigani bo‘lmagan, deb yozadi muallif. Ayniqsa, ud cholg‘usi ijrochiligidagi mohirligi alohida qayd etib o‘tiladi. Musiqa ijodiyotida ko‘p peshravlar yaratganligi va o‘z zamonasining xotirasida qolganligi xususida bayon etadi. Ayniqsa, muhammas usulida Panjgoh zaminida yaratgan «Peshravi Isfahon» asari mashhur ekanligini izohlaydi. Mavlono Axi Hitoriy haqida qiziq ma’lumot keltiriladi. Ustoz Darvish Shodiyning qalamiga mansub ilk asarlarni keltirar ekan, shunday yozadi: «Iroq pardalariga asoslangan «Savt»ni Rost-Panjgoh ladiga o‘girib, Zarbi Turk usulida soldi». Bu, albatta, bastakorlik ilmining qayta ishlash bilan bog‘liq amallarini ko‘rsatuvchi dalillar deb qabul qilish lozimdir. Mir Ali Akbar Samarqandiy – o‘z davrining musiqa dunyosidagi noyob iste’dod sohibi bo‘lgan. Undan betakror naqshlar va savtlar, qavl va korlar davrining betakror musiqiy durdonalari sifatida meros bo‘ldi. Hirotlik Amir Masti Qobuziy – ustoz san’atkor, bir qator naqshlar bog‘lagan, musiqaning 17 usulida aqlni oluvchi ohanglarni ijro etgan, tinglovchilar qalblarini eritishga muyassar bo‘lgan ustoz sozanda. O‘z yurti Hirot, Ustozi Jomiy, Buxoroda esa bir qator so- zanda va xonandalarga ustozlik qilgan. Risolada muallif bastakorlar haqida so‘z yuritar ekan, ularning sozandalik, xonandalikda, usulda va she’riyatda tutgan o‘rinlari xususida ham tavsiflar berib o‘tadi. Yaratgan musiqiy asarlarining aniq nomini keltirib, o‘ziga xos izohlar beradi. Xususan: Ustod Shodi – iroq maqomida va far usuli asosida 12 ta naqsh yaratgan bastakor va mohir sozanda (qo‘biz ijrochisi) bo‘lgan. «Sunbuli» – muhammas usulida, «Mohi Hilol» – zarbi turk usulida, «Dili shisha» – davri shohi usulida, «Xunxura» – muhammas usulida shular jumlasidandir. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling