Bastakorlar ijodi
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alijon G‘ijjakiy
- Samarqandik Mavlono Xo‘ja Muhammad ibn Abdulhasan Kavkabiy
- Hofiz Turdi Qonuniy
- Ustod Sulton Muhammad Tanburiy
Ustod Shox Quli G‘ijjakiy – o‘z davrining mohir sozandasi (g‘ijjakchi), ko‘pgina naqsh va Savtlar ijod etgan bastakor.
Xo‘ja Yusuf Andijoniy – o‘z davrining musiqa bilimdoni, sozanda va bastakori. Zarbi Turk usulida navro‘z maqomida savtlar bog‘lagan. Ustod Ali Hasob – maqom bilimdoni, bir qator peshravlar va naqshlar bastakori. «Alijub» va «Naygir» peshravlari tengsiz asarlar sifatida e’tirof etilgan. Alijon G‘ijjakiy – xush ovoz sohibi, mohir g‘ijjakchi, bir qator naqsh va savtlar bastakori. Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriy – musiqashunos, bastakor. Husayni maqomida Zarb ul-Fath, iroq maqomida chorzarb asarlari mashhur bo‘lgan. Samarqandik Mavlono Xo‘ja Muhammad ibn Abdulhasan Kavkabiy – Mavlono Kavkabiyning shogirdi, naqsh va savtlar bastakori. Hofizbobo Qonuniy – bir qator g‘azal va musiqalar bog‘lagan bastakor. Segoh ohangida, nimsaqil usulida yaratgan «Savt ul-amal»i o‘z davri sozandalari orasida mashhur bo‘lgan. Hofiz Turdi Qonuniy – bir qator kulliyotlar bitgan bastakor. Mavlono Qosimiy Qonumiy – bir qator savt va naqsh hamda peshravlar yaratgan zamonasining betakror bastakori. Duyak usulidagi husayni maqomida ijod etgan «Noz-u G‘amza» peshravi keng ommalashgan va omadli asarlaridan biridir. Uning «Zarb ul- Fath» usuli, hijoz ohangida yaratgan «Davri dardi sar» asari ham bor. Ustod Sulton Muhammad Tanburiy – bir qator peshrav va naqshlar bog‘lagan bastakor. Dugoh maqomi asosida yaratgan ikkita peshravi xalq orasida juda ommalashgan. Biri muhammas usulida, ikkinchisi dari saqil usulida. Mavlono Boqi Jarroh – xush ovozli xonanda va bastakor. Davri Shohi usuli asosidagi rost maqomiga bog‘lagan savti o‘z davri san’atkorlari orasida mashhur bo‘lgan». Muallif risolada bastakorlardan tashqari Hoja Navro‘z Hojagiy, Xoja Mahmud ibn Is’hoq kotib, Hofiz Do‘st Muhammad, Hofiz Boboyi Qonuniy, Hofiz Turdi Qonuniy, Hofiz Poyanda, Hofiz Shoh Muhammad Na’matak, Ustod Husayn Rumiy Udiy, Ustod G‘ijjakiy, Ustod Qurbonali Noyi, Ustod Muhibali Rubobiy, Poyanda Muhammad, Qosimali Qonuniy, Ahmad G‘ijjakiy, Hofiz Mahmud Qonuniy, Hofiz Boqijon, Hofiz Vazir, Hoja Mullo Muhammad Zangboz, Ustod Hasan Nay Nag‘masoz kabi 20 nafarga yaqin xonanda hamda sozandalar haqida so‘z yuritgan. Darvesh Ali Changiyning musiqiy risolasi o‘zbek musiqasi tarixini o‘rganishda, tasavvur etishda muhim manba hisoblanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling