Bastakorlar ijodi


Download 1.84 Mb.
bet4/39
Sana23.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1225731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Borbad ijodi




Markaziy osiyolik buyuk san’atkor, xonanda, sozanda, tarixda mumtoz musiqa asoschisi sifatida mashhur bo‘lgan bastakor Borbad eramizning VI asri 60-yillarida tavallud topgan. U Xurosonning qadimiy va markaziy shaharlaridan biri hisoblangan Marvda yashagan.
O‘tmish yozma manbalarida Borbadning yoshlik davrlari xususida ma’lumotlar bayon
etilmagan. Uning asli ismi Falaxbod Marvaziydir. «Borbad» Falaxbod Marvaziyning taxallusi bo‘lib, qadimiy borbat cholg‘usi ijrochiligida mohirlikka erishganligi uchun unga shu nom berilganligi ham e’tirof etiladi. Borbad o‘smirlik davridayoq xalq orasida mohir sozanda sifatida tanilgan. Shu bilan birga Marvda musiqa ilmini ham o‘zlashtirganligi xususida ma’lumotlar keltiriladi. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning
«Xusrav va Shirin», Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» kabi badiiy asarlarida Borbadning xushovoz hofiz, mohir sozanda, betakror bastakor bo‘lganligi xususida ma’lumotlar bayon etilgan. Betakror iste’dod egasi bo‘lgan Borbad sosoniylar (V–VII asrlar) davrining nomdor hukmdori Xusrav Parviziy saroyida,
591–628-yillar orasida xizmat qilib, o‘zining yorqin faoliyatini olib borgan. Borbadning ijodi haqida xalq orasida ko‘plab afsonalar hamda ma’lumotlar keltirilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» kitobida keltirilgan «Borbad qissasi»1, Nizomiy Ganjaviyning
«Xusrav va Shirin» dostonida «Borbadning 30 ta kuyi» kabilardagi ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi2.
Xusrav Parviziyning saroyida Sarkash, Bamshod, Nokus, Romtin kabi mashhur xonanda va sozandalar faoliyat olib borganliklari to‘g‘risida manbalarda bir qator ma’lumotlar keltiriladi. Lekin Borbad o‘zining betakror iste’dodi va ijodi bilan san’at sohasida juda mashhur bo‘lgan.
Borbad ijodi davomida 7 ta yirik shakldagi asarlar turkumi
«Xusravoniy»larni3, 30 ta lahn4, 360 ta (alhon) qo‘shiq-dostonlarni yaratishga erishadi va kasbiy musiqa ijodini boshlovchilaridan biri sifatida tarixga nomi muhrlanadi. Borbad yaratgan kuylarning musiqiy ohanglari saqlanib qolinmagan, lekin ularning nomlari turli manbalarda turlicha tarkibda keltiriladi.
Manbalarda qo‘shiqlarning «Yazdan ofrid», «Ganji bod ovar»,
«Bog‘i Shahriyor», «Nimro‘z», «Sabr dar sabz», «Kini Eraj»,
«Kini Siyavush», «Xaft ganj», «Rohi Shabdiz», «Bog‘i Shirin» kabi nomlari bilan birga muayyan yo‘nalishga xos qo‘shiqlar ham saqlanib qolgan. Jumladan: Navro‘z marosimi bilan bog‘liq qo‘shiqlar – «Bodi Navro‘z», «Nozi Navro‘z», «Sozi Navro‘z»,
«Navro‘zi Xurdak»; xalq qahramoni Siyovushga bag‘ishlangan qo‘shiqlar – «Bog‘i Siyovush», «Kini Siyovush», «Siyovushon» va boshqalar.


1 Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. – T., 1977. 558–564-betlar.
2 O. Matyoqubov. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga kirish. – T.: «O‘qituvchi», 1983. 6-b.
3 Xusravoniy (xusrav – buyuk, ulug‘ so‘zidan) – ulug‘vor, shohona asar, ya’ni shaklan yirik asar ma’nosida.
4 Lahn – kuy. Alhon uning ko‘plik shakli (kuylar)dir.
Borbad «borbat» cholg‘usini kashf etgan izgar sifatida ham nom qoldirgan. Borbad O‘rta Sharqda mumtoz musiqa san’atining ilk professional namoyandasi darajasiga ko‘tarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan o‘rin olgan.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling