Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari
Tropik yilning 365 sutkadan ortiq kasr qismi yil hisobi olib borishda ko'p noqulayliklarga
sabab bo'ladi. Kundalik hayotimizda ishlatiladigan yil hisobi kalendar yili deb ataladi. Yil
hisobida kasr sonlar bilan ish yuritish mumkin emas. Tropik yil bilan kalendar yilining bir-biriga
mos kelishi juda zarurdir. Faraz qilaylik, 2005-yil 1-yanvarga o'tar kechasi 0 soatdan boshlab yil
hisobini tropik yili bilan boshlaylik. U holda 365-sutkada deyarli 6 soat ortiq vaqt borligi sababli,
yangi 2006-yil, 1-yanvar 0 soatdan emas, balki 1-yanvar soat 6 da, keyingi 2007-yil yanvar
kunduz soat 12 da boshlanar edi. Shu tarzda yangi yil 2,3-yanvar va boshqa kunlarda boshlanib.
borgan sari kechroq boshlanadigan bo'lib, juda ko'p noqulayliklarga sabab bo'lar edi. Ana
shuning uchun yil hisobini tropik yil bilan olib borish mumkin emas.
Kalendar atamasi lotincha calendarium - «qarz daftari» degan ma'noni beradi. Qadimda
Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to'laganlar va bu «kalenda»ga qayd
qilib borilgan.
Tabiatdagi aniq bo'lgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy va yil qadimdan ma'lum bo'lib -
qadimgi kalendarlarning asosini tashkil etgan. Biz kalendar deb shunday vaqt hisobi sistemasini
aytamizki, uning asosida osmon yoritqichlari harakatiga bog'liq tabiatning davriy hodisalari
yotadi. Bunday sistemani yaratish birinchi bo'lib ilk neolit davrida sodir bo'ldi. Bu ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |