Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meton sikli.
Kleostat sikli. Eramizdan avvalgi VI asrda yashagan grek astronomi Kleostat nomiga
qo'yilgan. Bu siklning yana bir boshqa nomi «oktaeterida» (sakkizlik)dir. Kleostat uni quyidagicha tuzadi. Oy yili Quyosh yilidan har yili 11,25 sutka oldinga o'tib ketadi (chunki oy yili 354, quyosh yili 365,25 sutkaga teng). Bu farq esa 8 yilda 90 kunga (11,25·8 = 90) yetadi. Demak, 8 oy yiliga uchta 30 kunlik embolistik oy qo'shish zarur. Darhaqiqat, 8 Quyosh yili 2922 (365,25·8 = 2922) sutkani tashkil qiladi. Agar, 8 oy yilidan beshtasini oddiy uch yilini embolistik oy qiladigan bo'lsak, 354·5+384·3 = 2922 kunga teng bo'ladi. 8 Oy yili 99 Oy oyiga teng bo'lishi lozim: 48 ta «to'liq bo'lrnagan» va 51 ta «to‘liq» oyga. Demak, 8 yilning 2, 5, 8-yillariga embolistik oy qo'shish mumkin. Lekin, Kleostat siklida xatolar yil sayin to'planib boradi. 8 Yulian yili 2922 sutka, 99 sinodik oy 2922 kunga emas, balki 2923,53 kunga tengdir. Kleo stat siklida kalendar bilan yangi Oyning ko'rinishi orasidagi farq 1,53 sutkaga (2923,52841-2922 = 1,52841) tengdir. Shunday qilib, Kleostat siklida Oy kalendari orqada qolib ketadi. U yangi Oy chiqmasdan tugaydi. Bu sakkiz yilda 1,53 sutka, o'n olti yilda esa uch sutkani tashkil qiladi. Meton sikli. Kleostat siklidagi xatoni eramizdan avvalgi V asrda qadimgi grek olimi Meton aniqlagan. Meton bu xatoni yo'qotish maqsadida 19 yildan tashkil topgan yangi siklni ishlab chiqadi. U 19 yilda 7 embolistik yil (235 Oy oyi, uning 110 oyi «to'liq bo'lmagan», 125 tasi «to'liq»)dan tashkil topgan. 19 Quyosh yili 6939,75 (365,25· 19=6939,75) taxminan 6940 sutkadan iborat. 19 Quyosh yilini oy kalendariga moslashtirish maqsadida oxirgi yetti yilni embolistik, to'rt yilni kabisa yili qilish kerak. (354 kun x 12 yil+384 kun x 7 yil+4 kun=6940 kun). Meton siklida 3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-yillar embolistik, 3. 8, 11, 19-yillar kabisa yili qilib belgilanadi. Lekin Meton sikli ham juda aniq va mukammal chiqmadi. Unda 19 Yulian yili 6940 kun qilib olingan. Aslida esa u 6935,75 kunga tengdir. Siklda 19 yilda 0,25 sutka, ya'ni 4 siklda bir sutka farq yuzaga keladi. 235 Oy oyi 6940 sutkaga emas, balki 6939,7 (29,53050-235= 6939,68865) sutkaga tengdir (6940-6939,68865=0,31135). Bu esa 4 siklda bir (0,3·4=1,2) kunni tashkil qiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling