Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
27 Rimda aniq qat'iy hisoblangan eralar ancha vaqtgacha bo'lmagan. Yil hisobi konsullarga ko'ra olib borilgan. Har yili ikkita konsul saylangan. Yil ularning ismlari bilan nomlangan. Masalan, «...konsulning yilida» kabi. Bu hisob oxirgi konsul Flavius Bazalius Yunion saylangan davrgacha (eramizning 541-yili) saqlanib qolgan. Keyinchalik «Rimga asos solinishi» erasi paydo bo'ldi. Mazkur eraning tuzilishi Rim olimi Mark Terensiy Varron (er.avv. 116-27)ning faoliyati bilan bog‘liq. U «Rimga asos solinishi»ni hisoblab chiqdi. Eramizdan avvalgi 753-yil 21-aprel mazkur eraning boshlanishi deb e‘lon qilindi. «Rimga asos solinishi» erasi G'arbiy Yevropa tarixchilari orasida keng tarqaldi va ular toonimdan XVIII asrning oxirigacha qo'llanib kelindi. Abu Rayxon Beruniy 27 yanvar 1000 yilda yozib tomomlagan, ―Osor al- boqiya‖(―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kitobida Rim kalendarini tuzilishini yoritib bergan. Rimliklarga kelsak, ularning oylari hamisha o‗n ikkita bo‗lib, ularning nomlari mana bular: Yanvariyus 31 kun Yuliyus 31 kun Fevrariyus 28 kun Avg‘ustyus 31 kun Martiyus 31 kun Sebtambriyus 30 kun Apriryus 30 kun Tambirz 31 kun Mayus 31 kun Navombiryus 30 kun Yuniyus 30 kun Demiriyus 31 kun Rimliklar yili uch yuz oltmish besh kundir. Har to‗rt yilda to‗rtda chorak kun yig‘ilgach, uni to‗liq bir kun qilib, fevrariyusga qo‗shganlar. Natijada shu oy har to‗rt yilda yigirma to‗qqiz kun bo‗lgan. Dastlab rimliklarni yillarni kabisali qilishga majbur etgan kishi Daqtitir laqabli Yulius (Yuliy Sezar edi 26 . Dastlabki Rim kalendariga XVIII asrda yashagan mashxur fransuz yozuvchisi va namoyondasi Volter juda to‘g‘ri tavsif bergan edi: ―Rim sarkardalari har doim g‘alaba qilishgan, ammo bu qanday kunda sodir bo‗lganligini hech qachon bilishmagan‖. 27 Rimga asos solinishi erasini zamonaviy (Dionosiy) eraga aylantirishga quyidagi formuladan foydalanamiz: D= 754-R bunda: D - Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami; R - «Rimga asos solinishi» erasidagi yilning tartib raqami. Bu formula faqat R<753 holati uchun. Agar R>753 bo'lsa, undan D-R - 753 formulasidan foydalanamiz va bunda bizning eramizdagi yilni aniqlagan bo'lamiz. «Kalenda»dan oldingi hisobni topish uchun avvalo o'tgan oyning umumiy kuniga 2 sonini qo'shamiz va «kalenda»dan oldingi kun raqamini ayiramiz. Masalan, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kunni aniqlaymiz: 31 + 2-9 = 24. Demak, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kun 24-avgust ekan. 753> Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling