Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
24 
 
Rim  kalendaridagi  birinchi  oy  Martius  -  ilgari  chorvachilik  va  dehqonchilik,  keyinchalik 
esa urush xudosi Marsga atab qo'yilgan. 
Ikkinchi  oy  -  aprilis  -  lotincha  ‖aperire‖  -  ‖namoyon  bo'lmoq‖,  ‖ochmoq‖  ma'nolarini 
bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va o'simliklar ochilib gullay boshlagan. 
Uchinchi oy Mayus - xudo Merkuriyning onasi Yer ma'budasi Maya nomi sharafiga.                                                            
To'rtinchi  oy  Yunius-Yupiterning  rafiqasi,  osmon  ma'budasi,  ayollarning  himoyachisi 
Yunona sharafiga qo'yilgan. 
Keyingi oltita oy kalendardagi tartib raqami bilan atalib, Kvintilis - ‖lotincha‖ - beshinchi, 
sekstilis  -  oltinchi,  September  -  yetttinchi,  oktober  -  sakkizinchi,  november  -  to'qqizinchi, 
desember - o'ninchi degan ma'nolarni bildiradi. 
O'n birinchi oy yanuarius deb atalib, ikki yuzli xudo Yanus nomiga qo'yilgan. 
O'n  ikkinchi  oy  februarius  -  yer  osti  podshosi  Februus  nomiga  qo'yilgan.  Shuningdek, 
«ferbuane»  so'zi  ‖tozalanmoq‖,  ‖poklanmoq‖  degan  ma'nolarni  bildiradi.  Yilning  oxirida  ular 
poklanish marosimini o'tkazganlar. Fevral oyi oxiriga qo'shimcha kunlarni qo'shganlar (masalan, 
fevral 23+5)
22

Eramizdan  avvalgi  VI  asrda  rimliklar  mazkur  oy  kalendarini  Oy-quyosh  kalendariga 
aylantirishga  urinib    ko'rdilar.    Buning  uchun  ular  interkalatsiya  sistemasidan  (qo'shimcha 
oylarni  qo'shish)  foydalandilar.  Qadimgi  Rim  kalendariga  har  ikki  yilda  20  kunlik  qo'shimcha 
oyni  joriy  qildilar.  Bu  oy  ‖Marsedonius‖  -  marsedoniy  oyi  nomini  oldi
2
.  Juft  raqamlarni   
baxtsizlik  ramzi   hisoblangan  rimliklar  marsedoniy  oyini 23-24   «februarius»ning   o'rtasiga  
joylashtirdilar.      Mazkur      islohotdan  so'ng  kalendar  yili  365  kunni  [(355+355+20):2  =  365] 
tashkil qildi va ularning yili ham Misr ‖daydi‖ yiliga teng bo'lib qoldi (tropik yildan chorak sutka 
qisqa edi). 
                                                 
22
 Sitseron (er.avv. 106-46)ning ma'lumot berishicha, kohinlar o'zboshimchalik bilan dushmanlari uchun 
magistraturani qisqartirar, do'stlari uchun uni uzaytirar edilar. Ular y ilni shu tarzda xohlasalar uzaytirar, xohlasalar 
qisqartirar edilar.
 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling