1. Gekatombeon (iyul) 7. Gamelion (yanvar)
2. Metageytnion (avgust) 8. Antesterion (fevral)
3. Boedromion (sentabr) 9. Elafebolion (mart)
4. Pianepsion (oktabr) 10. Munixion (aprel)
5. Memakterion (noyabr) 11. Fargelion (may)
6. Poseydeon (dekabr) 12. Skiroforion (iyun).
Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon - iyul) boshlangan. Embolistik
oylar ikkinchi poseydonga, ba'zida ikkinchi skiroforionga qo'shilgan. Embolistik yillarning
tartibini oktaetarida egallagan, ya‘ni har sakkiz yilling uchinchi, beshinchi,sakkizinchi
yillari kabisa yili hisoblanadi.
Qadimgi Rim kalendari. Qadimgi Rim kalindaraning tuzilishi sanasi to‘g‘risida aniq
ma‘lumotlar yo‘q. Bizga ma‘lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi hukmdori Romul
davrida oy kalendaridan foydalanganlar. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat
bo‘lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi,…, o‘ninchi) bilan nomlangan. To‘rt oy 31
kundan (1, 2, 3, 5, 8-oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo‘lgan.
Yil bahorgi teng kunlikdan boshlangan. ‖Romul yili‖ ni astronomik yilga
tenglashtirish maqsadida o‘ninchi oyning oxiriga qo‘shimcha kunlar qo‘shilgan. Eramizdan
avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to‘rtta kalendar oylariga nom berildi. Yilning birinchi
oyi ‖Martius‖, ikkinchi oyi ‖aprilis‖, uchinchi oyi ‖mayus‖, to‘rtinchi oyi ‖yunius‖ deb
ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari ham
emasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |