Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
64 ufqning sharqi va g'arbida osmon o'rtasidagidan kattaroq ko'rinadi. Lekin bu Oy shu joylarda osmon o'rtasidagidan bizga yaqinroq bo'lgani uchun emas, balki Yerdan ko'tarilayotgan bug'lanish bizning ko'zimiz bilan ufq orasida turib qolgani uchundir. Ularni biz sovuq kunlarda yomg'ir tufayli, bahor havosida, namlik katta bo'lganda, qish kunlarida kattaroq ko'ramiz. Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda katta bo'lib ko'rinadi. Xuddi shu singari odam toza suvning qa'rida bir or narsani ko'rsa, и narsaning haqiqiy shakldidan katta ko'radi». Keltirilgan iqtibosdan ko'rinib turibdiki, Al-Farg'only juda sodda usul bilan osmonning kurra shaklida ekanligini isbotlay olgan va bunga o'z zamondoshlarini ham ishontirgan. Qur'onda Yer (ard) haqida ham ko'p marta eslatiladi va, odatda, «as-samovot val-ard» («osmonlar va yer») degan ibora ishlatiladi. Yer shakli haqida ham Qur'onda aniq tasavvur mavjud. «Nuh» surasining 19-oyatida: «Alloh ja'ala lakum al-arda bisatan» deb, Yer gilamga («bisat») o'xshatiladi. «Baqara» surasining 22-oyatida: «Al-lazi ja'ala lakum al-arda firoshan» deb, uni to'shakka («firosh») o'xshatilgan. «Naba'» surasining 6-oyatida ham «Alam naj'al al- arda mihodan» deb. yana Yer ko'rpachaga («mihod») o'xshatilgan. Bu oyatlarning hammasida Yerning tekis ekanligiga shama qilinayotganligi aniq ko'rinayapti. Shunisi ajablanarliki, Qur'onda shunchalik aniq aytilgan bu fikr islom mamlakatlarida geografiyaning rivojlanishiga to'sqinlik qilmadi. Aksincha, bu va boshqa oyatlar payg'ambarning ilmga undovchi hadislari bilan birga islom astronomlari va geograflarining haqiqat uzra yo'naltirdi, ularga bu yo'nalishda katta turtki berdi. Al-Farg'oniy o'z asarining uchinchi bobini to'g'ridan-to'g'ri «Yerning quruqlik va dengizga tegishli hamma qismlari bilan birgalikda kurra shaklida ekanligi haqida» deb ataydi va shu bobida bunday yozadi: «Shunday qilib, barcha olimlar Yerning quruqlik va dengizga tegishli hamma qismlari bilan birgalikda kurra shaklida ekanini tan olishgan. Uning dalili shuki, Quyosh, Oy va boshqa yoritgichlar Yerning turli taraflarida bir vaqtda chiqmaydi ham, botmaydi ham, balki Yerdan qaraganda ulardan sharqiy vaziyatda bo'lganlari g'arbiy vaziyatda bo'lganlaridan oldinroq chiqishini ko'ramiz, sharqdagilarning botishi ham g'arbdagilarning botishidan oldin bo'ladi. Oy tutilishi singari aniq bir hodisaningyuz berishi Yerning turli tarafida turli vaqtda kuzatiladi. Agar bu hodisa oralaridagi masofa uzoq bo'lgan sharq va g'arbdagi ikki shaharda kuzatilsa, masalan, tutilish vaqti sharqiy shaharda kechasi soat uchda ro'y beradi, deylik. Agar biz g'arbiy shaharda shu hodisani aniqlamoqchi bo'lsak, bu shaharlar orasidagi masofani e'tiborga olib, tutilish vaqti uch soat kam bo'ladi. Sharqiy shaharda soatning ziyoda bo'lishi Quyoshning g'arbiy shahardagiga qaraganda bu yerda ilgariroq botishini bildiradi. Katta yoritgich botish vaqtida kuzatilsa ham ana shunday bo'ladi. Turli ikki shaharda uning kuzatilish vaqtini oldin izohlaganimiz kabi topamiz. Hamma vaqt sharqiy shahar soati g'arbiy shahar soatidan oldinda bo'ladi. Vaqtdagi bu farqlar Yerning odam yashaydigan qismining g'arbiy va sharqiy hududlari orasida mavjud. Shimol va janubdagi bir-biridan uzoqlikda joylashgan joylar orasida ham xuddi yuqoridagi kabi farq mavjud. Agar Yerda janubdan shimolga qarab yurilsa, (kishiga) unga shimol tomonda botuvchi bo'lgan ba'zi yoritgichlar abadiy ko'rinuvchi bo'lib qoladi. Xuddi shu singari janub tomonda avval unga ko'ringan ba'zi yoritgichlar endi doim ko'rinmaydigan bo'lib qoladi va doim shu bir xil tartibda bo'ladi. Biz bayon etganlarning hammasi Yerning kurra shaklida va Yer sirtining dumaloq ekanini isbotlaydi. Agar Yer yassi bo'lsa edi, biz bayon etgan hodisalarning birontasi ro'y bermas, Yerning hamma tomonida yoritgichlar ayni bir vaqtda chiqar va Yerning shimoli va janubidagi hodisalar yuz bermas edi: doim ko'rinadigan yoritgichlar ko'rinmaydigan va, aksincha, doim ko'rinmaydigan yoritgichlar ko'rinadigan bo'lib qolar edi». Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling