Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
66 
erasini  qabul  qildi.  Bu  davrda  xristianlarda  uchta  asosiy  era    keng  tarqalgan  edi.  Bular 
Aleksandriya erasi (er.avv. 5443-уil 29-avgustdan boshlangan), Antiox erasi (er.avv. 5969-yil 1-
sentabrdan).  Vizantiya  era  (er.av.  5509-yil  l-sentabrdan)laridir.  Vizantiya  erasi  greklar 
tomonidan VII asrda qabul qilingan edi. 
X  asr  oxirlariga  kelib,  Qadimgi  Rusda  Vizantiya  uslubidagi  Yulian  kalendari  tarqalgan 
bo‘lsa-da, mahalliy an'analar ham saqlanib qoldi. (ma-salan, ukrain, belorus va polyak tillarida 
bugungi  kungacha  xristianlikkacha  qo'llanilgan  oy  nomlari  saqlanib  qolgan).  Yulian 
kalendarining  Rim  uslubida  yilning  boshi  birinchi  yanvardan,  Vizantiyada  esa  birinchi 
sentabrdan  boshlangan.  Yangi  Rus  kalendarida  esa  xristianlikdan  oldin  qabul  qilingan  1-mart 
yilning  boshi  sifatida  saqlanib  qoldi.  Qadimgi  Rus  yilini  Vizantiya  yili  bilan  taqqoslasak,  u 
Vizantiya  yilidan  olti  oy  o'tib  ketishi  yo  olti  oy  qolib  ketishi  mumkin  edi.  Agar  Rus  yili 
Vizantiya  (sentabr)  yilidan  keyin  boshlansa,  orqada  qolib  ketardi.  Bu  Rus  yil  hisobi  tarixchilar 
orasida  «mart yili»  yoki  «mart uslubi» nomini oldi. Qadimgi Rus yili Vizantiya yilidan olti oy 
oldin  boshlansa,  oldinga  o'tib  ketardi.  Bunday  Qadimgi  Rus  yil  hisobi  «ultramart  yili»  yoki 
«ultramart  uslubi»  nomini  oldi.  Mazkur  «mart»  va  «ultramart»  yillari  shartli  ravishda  qabul 
qilingan bo'lib, tarixiy manba va hujjatlarda bunday nom uchramaydi. 
Solnomalardan  X-XII  asr  boshlarida  mart  uslubi  ko'proq  uchrashini  kuzatish  mumkin. 
XII—XIII  asrlarda  ikki  uslub  ham  mavjud  bo'lgan.  XIV  asrga  kelib,  mart  va  sentabr  uslublari 
hukmronlik  qilgan.  XIV  asr  oxirlaridan-XVII  asrgacha  to'liq  sentabr  uslubiga  o'tiladi.  Mart 
uslubi,  mart  yili  yanvar  yilidan  ikki  oy  keyin  boshlangan.  Agar  mart  yilining  dastlabki  o'n  oyi 
(martdan dekabrgacha) Dionisiy erasining qaysidir yiliga mos kelsa. u holda o'sha yildagi yanvar 
va  fevral  (Qadimgi  Rus  yilining  ikki  oyi)  Dionisiy  erasidagi  keyingi  yanvar  yiliga  kiradi. 
Shunday  qilib,  «Dunyoning  paydo  bo'lishi»  erasidagi  mart  yilini  Yulian  yiliga  aylantirishda 
quyidagi formuladan foydalanamiz: 
                D=B-5508-a 
bunda a - martdan dekabrgacha 0 ga, yanvar, fevralda 1 ga tengdir. D -Dionisiy erasidagi 
yilning tartib raqami, В - Vizantiya erasidagi yil. 
Ultramart  uslubi.  Ultramart  yili  mart  yilidan  o'n  ikki  oy  kattadir.  Shuning  uchun  yilni 
hisoblashda quyidagi formuladan foydalanamiz: 
D=B -5509 + a, 
Sentabr uslubi. Sentabr yili yanvar yilidan to'rt oy katta va ultmniml yilidan olti oy orqada 
qoladi. Bunda ham 
D=B-5509+ a 
formuladan  foydalanamiz,  bunda  a  -  sentabrdan  dekabrgacha  nolga,  yanvardan 
avgustgacha 1 ga tengdir. 
«Dunyoning  paydo  bo'lish»  erasining  7000-yilidan  keyin  yozilgan  manba  va  hujjatlarda 
yildagi  ming  tushirib  qoldirilgan.  Masalan,  7136-yilni  yozish  kerak  bo'lsa,  136  yil  tarzida 
berilgan. 
Rusda  Yulian  kalendari  kirib  kelishi  bilan  yetti  kunlik  haftadan  ham  foydalaniladigan 
bo'ldi. Rusda haftalar yaxlit holda «sedmitsu» deb atalgan. XVI asrgacha zamonaviy yakshanba 
«nedelya» (ish yo'q kun ma'nosida) deb atalgan. Bugungi «voskresen'e» atamasi birinchi marta X 
asr  oxirlarida  kirib  keldi.  XVI  asrga  kelib,  «voskresen'e»  atamasi  hafta  «  kunlarining  birining 
nomi  sifatida  qo‘llanila  boshladi.  Natijada  «nedelya»  esa  «sedmitsa»  -  hafta  ma'nosida 
ishlatiladigan 
bo'ldi. 
Haftaning 
nomlari 
ularning 
o'rniga 
qarab, 
ponedelnik 

nedelya(voskresene)dan  keyingi  klin,  «vtornik»  -  nedelyadan  keyingi  ikkinchi  kun,  «sreda»  - 
sedmitsaning  o"rtasi,  «chetverg»  -  nedelyadan  keyingi  to'rtinchi  kun,  «pyatnitsa»  -nedelyadan 
keyingi  beshinchi  kun  degan  ma'nolarni  bildirgan.  «Subbota»  atamasi  yuqoridagilardan 
mustasno  tarzda  qadimgi  yahudiy  tilidagi  «sabat»  (shabat)  so'zidan  (ishning  yakuni  ma'nosini 
bildiradi) kelib chiqqan. 
Qadimgi  Rusda  XIII  asrgacha  sutka  atamasi  vaqtning  o'lchovi  sifatida  ishlatilgan.  Sutka 
ikkiga,  ya'ni  yorug'  va  qorong'u  qismga  bo'lingan.  Yangi  kunni  tongdan  boshlab  hisoblaganlar. 
1722-yildan Rossiyada yangi kun kechasi soat 24.00 dan keyin boshlanadigan bo'ladi. XII asrda 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling