Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Rusda dastlab foydalanilgan vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari to'g'risida ma'lumot bering. 48 Альберто Рус. Народ майя. М., 1986. стр 152-160. 73 2. Mayya kalendarlarida qanday davriylik qo'llanilgan? 3-BOB. ZAMONAVIY KALENDARLAR Mavzu. Grigoriy kalendarining qabul qilinishi Reja: 1. Yulian kalendaridagi kamchiliklar. 2. Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti. 3. Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi. Yulian kalendaridagi kamchiliklar. 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21-martni bahorgi tengkunlik kuniga mos keltirdik deb, o'yladilar. Xristianlarda diniy pasxa bayramini o'tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan so'ng haqiqiy bahorgi tengkunlik nuqtasi kalendarga to'g'ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya'ni bahorgi tengkunlik nuqtasi 21-mart emas, 11-martga to'g'ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qo'ydi, ya'ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi, bu esa Nikey sobori qaroriga zid edi. Pasxa bayrami 21-martdan keyingi to'linoydan so'ng birinchi yakshanbada nishonlanishi kerak edi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324-yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi va bunga imperator Andronika II diqqatini qaratdi. Lekin imperator kalendarni isloh qilishga ruxsat bermadi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida Vizantiyada yashovchi olim Matvey Vlastar ham ta'kidladi. 1373-yilda Vizantiyalik olim Isaak Argir kalendarni isloh qilish zarurligini asoslab berdi. Yulian kalendarini qaytadan isloh qilish zaruratini katolik cherkovi vakillari ham ta'kidladilar. Bu fikrni Kliment VI ham qo'llab quvvatladi. 1414-yilning martida kardinal Per d'Ali tashabbbusi bilan kalendar masalasi muhokama qilindi. 1437-yilda bu masala Bazzel soborida ko'rib chiqildi. Unda uyg'onish davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) o'zining loyihasi bilan tanishtiradi. 1457-yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini to'g'rilashga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt o'limi tufayli papa bu ishni keyinga surishga majbur bo'ladi. XVI asrda kalendar masalasi bilan Lateran (1512-1517) va Triden (1545-1563) soborlari shug'ullanadi. 1514-yilda Lateran sobori kalendar islohoti bo'yicha maxsus komissiya tuzadi va Yevropada mashhur bo'lgan astronom Nikolay Kopernik (1473- 1543)ni Rimga taklif qiladi. Nikolay Kopernik o'sha davrda tropik yilining uzunligi aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling