Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
69 
 
 
(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)  
Mayyalar  bir  vaqtning  o'zida  sanalarni  uzviy  bog'lab,  bir  nechta  kalendardan 
foydalanishgan.  Ularda  260 kunli  yil  (uning shartli  nomi solkin), 360 kunli  yil («tun»)  va 365 
kunli yil («xaab») bo'lgan. 260 kunli solkin yilida yigirma kunli haftalar bo'lgan. Shuning uchun 
bunday  yilda  oy  nomlari  va  hafta  sanalari  ma'lum  bir  qoida  asosida  tugallangan  oraliq  davrini 
hosil qilib qaytarilaveradi. Bir imish kuni (13 kunli haftaning birinchi kuni, yigirma kunli oyning 
birinchi nomi) yerga ishlov berishning boshlanish davri sifatida bayram qilingan.    
         Tun  yili  18  ta  20  kunli  oydan  iborat  edi  (18-20  =  360).  Qadimgi  Mayyalar  quyoshli  yil 
davrini shunday tasavvur qilgan bo'lishi istisnodan xoli emas. Lekin vaqt o'tishi bilan Mayyalar 
bunday  emasligiga  ishonch  hosil  qilsa  ham  «tun»  vaqtini  aniqlash  bo'yicha,  yagona  qulay  usul 
sifatida undan voz kecha olmagan. Aksincha, bu yil Mayyalarning boshlang'ich sanadan boshlab 
kunlar  sanasi  asosi,  xronologik  birlik  asoslari  boiib  qolganini  biz  quyida  ko'rishimiz  mumkin. 
Mayyalarning  kalendarlari  oylari  nomida  yerga  ishlov  berishning  aniq  davri,  shu  davri 
mobaynida  bajarilishi  lozim  bo‘lgan  u  yoki  bu  ishlar  aniq  berilgan.  Shunday  qilib,  Mayyalar 
kalendarida Pop - «hukmdor bo'yrasi», Vo -«qurbaqa», Sip - «gunoh» (ovda qon to'kilishi), Sos -
«ko'rshapalak»,  Sek  -  «jo'xori»,  Shul  -  «tamom»,  Yashkin  -  «yangi  quyosh»,  Mol  -  «hosilni 
yig'ish», Chen -  «quduq», Yash -«yangi» (yangi ekinlarga tayyorgarlik), Sak  -  «oq kiyim» (ov 
davri),  Kex  -  «kiyik  ovi  davri»,  Мак  -  «to'xtatish»  (yangi  maydonlarda  daraxtlarni  yondirish), 
Kankin  -  «Sariq  quyosh»,  Muan  -  «ochiq  havo»,  Pash  -  «baraban»,  Kayyab  -  «katta  yomg'ir», 
Kumxu - «momaqaldiroq shovqini» oylari bo'lgan. 
Achinarlisi shundaki, Mayyalar kalendarida yangi yilning qachon boshlanganligini bizning 
kalendarimiz bo'yicha aniqlash mushkul. Diego de Landa o'zining kitobida oy nomlarini ieroglif 
belgilar bilan tasvirlab, Yukatanni ispanlar bosib olgunga qadar Mayyalarda yangi yil 16-iyulga 
to'g'ri keladi deb ma'lum qiladi. Albatta, 360 kunli tun yilidan quyosh yili uzunroq. Bundan kelib 
chiqadiki,  oy  nomlari  360  kunli  yilda  emas,  365  kunli  yilda  to'g'ri  ishlatilsa,  tabiatdagi 
o'zgarishlarni  to'g'ri  tasvirlashi  mumkin.  Mayyalar,  ayniqsa,  shunday  xaab  yilidan  o'zining 
kundalik  hayotida  foydalangan.  Shu  maqsadda  ular  yilning  oxirida  20  kunli  18  ta  oyga  yana  5 
kun  qo'shgan.  Bu  kunlar  «Vaayueb  xaab»,  ya'ni  «yil  ruhi»  yoki  «Ishma  kaba  kin»  -  nomsiz 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling