Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
71 Mayyalar kalendari aniq ekanligi haqidagi masala yuzasidan Y.V. Knorozov shunday deydi: «Quyosh yilining haqiqiy uzunligi to'rtdan bir sutkaga yaqinroq ekanligini Mayya astranomlari bilishgan (shunga ko'ra zamonaviy Grigoriy kalendarida har to'rt yilda ortiqcha 1 kun qo'shiladi). Ammo kalendarda qo'shimcha kunlar nazarda tutilmagan. 365 kunli yil tuzatishlarsiz quyosh yili olib o'tishi va davrga qarab asta surilishi kerak edi. Shunday qilib, Mayyalar sanasiga ko'ra necha kun o'tgani aniq, ammo necha quyoshli yil o'tgani noaniq». Agar shunday bo'lsa, unda har 40 yilda yangi yil boshi 10 kun orqaga surilgan, 400 yil davomida esa aniq astronomik vaqtga nisbatan (masalan, bahorgi tengkunlikka) 97 kunga surilgan. Shu masala bo'yicha Amerika astronomi Robert Nyuton «Klavdiy Ptolemey jinoyati» asarida (- M.: «Наука». 1985. 94 b) shunday yozadi: «Meni bilishimcha, yilning davomiyligini birinchi bo'lib islom davlatlari astronomlari aniq topishgan. Xuddi shu vaqtning o'zida Mayya hindularida Grigoriy kalendari bilan musobaqalasha oladigan kalendar mavjud edi. Bunday fikrning asosida ba'zi bir yozuvlar xuddi kalendar yozuvlari deb o'qilishi mumkin. Agar men to'g'ri tushungan bo'lsam, Tompson bu yozuvlar kalendarga taalluqli emasligiga ishonadi. Uning fikricha, bu yozuvlar fuqaro hayotidagi hukumatga yangi hukmdorlar kelish davri hodisalariga tegishli». Shunday qilib, Mayyalar kalendarining aniqligi masalasi yuzasidan kitobning kirish qismida aytib o'tilganidek, Mayyalar astronomlari tropik yilning uzunligi 365,2429 sutkaga teng deb aniqlay olishdi, u haqiqiy vaqtdan atigi 0,0002 sutkaga qisqaroq va 5000 yil davomida bir sutka xatolik kelib chiqadi. Shuning uchun Mayya kalendari eng aniq kalendarlardan biri hisoblanadi. Y.V. Knorozov va D. Tompsonning so'zlaridan ko'rinib turibdiki, Mayya astronomlari tropik yilining uzunligini aniqlashda bu yerda ko'rsatilgan xatolarga yo'l qo'yganligi haqida aniq dalillar yo'q. Ammo, eng asosiysi shundaki, u yoki bu astronomik kalendarning davomiyligini bilish kamlik qiladi. Bu eng asosiysi bo‘lishga qaramay, ishning faqatgina yarmi. Ishning boshqa yarmi bu bilimlarni amaliyotda qay darajada qo'llashdadir. Mayyalar kalendarining yuqori darajada aniqligi haqida xulosa qilish uchun tropik yilning kasrli qismi hisobi uchun qo'shimcha kunlarni qanday kiritganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak. Ammo bu haqda hech qanday ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling