Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Mavzu. Mayyalar va slavyan xalqlari kalendarlari Reja: 1. Slavyan xalqlari kalendarlari. 2. Mayyalarda yil hisobi. Slavyan xalqlari kalendarlari. Bizgacha slavyanlar kalendarlari haqida aniq ma'iumotlar yetib kelmagan bo'lsa-da, ular qadimdan yilni fasllarga ko'ra hisoblashgani to'g‘risida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Slavyanlarda an‘anaviy urf-odatlarga ko'ra tuzilgan kalendarlar asosida amalga oshirganlar. Bu bayramlar xristian dinini qabul qilinganidan so'ng ham saqlanib qoldi. Shunday bayramlardan bahorning kirib kelishi bilan «maslennitsa», «kupala» (Quyoshning yozgi tik turishi davrida) «kolyada» (Quyoshning qishki tik turishi davrida)lar nishonlangan. XVI-XVII asrlarda yil to'rt faslga bo'lib hisoblangan. 25-martdan 24-iyungacha bahor, 25-iyundan 24-sentabrgacha yoz, 25-sentabrdan 24-dekabrgacha kuz, 25-dekabrdan 24- martgacha qish hisoblangan. Slavyanlar yillarni oylarga bo'lganlar va turli hududlarda oylarni turlicha ataganlar. Bu oy nomlari bugungi kungacha zamonaviy ukrain, belorus tillarda saqlanib qolgan. Mart - «berezozol» qayinning gullashi, «sokovik» (qayinning sok qilish vaqti) deb atalgan. Aprei - «sveten» (gullash davri) deb, may - «traven» (o'tlarning ko'm-ko'k bo'lgan davri), iyun - «cherven» (gilosning pishishi). iyul - «lipes» O'o'ka daraxtining gullashi), avgust - «serpen» (o'rim vaqti). sentabr - «veresen» (archagulning gullashi), oktabr - listopad (xazonrezgi), noyabr - «gruden» (yerning muzlashi), dekabr - «studen» (ayoz, sovuq), yanvar - «prosinez» (qishning bulutli kunlaridan so'nggi tiniq osmon), fevral - «lyutiy» (qahraton, sovuq), snejen - (qalin qor) deb nomlangan. Slavyanlarda kalendar yilini astronomik yilga to'g'rilash maqsadida o'n uchinchi qo'shimcha oydan ham foydalanilgan. Qo'shimcha o'n uchinchi oyni o'n to'qqiz yillik yillik siklga ko'ra hisoblaganlar. Ba'zi vaqtlarda o'n uchinchi oyni hisoblashda chalkashliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun xalq o'n uch soni (hozirgi kungacha)dan bezib qolgan. X asr oxirlarida Rusga xristian dini bilan birga Yulian kalendari ham kirib keldi. Shuningdek, Rusda birinchi marta Rim kalendari oy nomlari va yetti kunlik haftadan ham foydalanila boshlandi. Rusga xristianlikning kirib kelishi natijasida Qadimgi Rus erasi tushunchasi ham ishlatila boshlandi. Ular Vizantiya variantidagi «dunyoning paydo bo'lishi» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling