Xon qari-uzunlik o'lchov birligi. Turkistonda, shu jumladan O'zbekiston hududida
amalda qo'llanilgan. Uzunligi 215smga teng.
Fitr-uzunlik o'lchov birligi. Qarichning aynan o'zginasi. l fitr o'rtacha 22,5 sm ga
teng.
Tassuj-uzunlik o'lchovi; gazning 24 dan bir qismiga teng. Bu o'lchov birligida Abu
Rayhon Beruniy o'z asarlarida foydalangan. Agar lgaz=(52-107sm) bo'lsa, ltassuj=l/24
gaz=l/24x(52-107)=2,166-4,458 sm = 2,17-4,46 sm bo'ladi; 2) og'irlik o'lchov birligi (Eronda);
taxminan 11-asr boshida 1 tassuj=0,18g, 16-asrda ltassuj=0,182 g bo'lgan.
Shuningdek, ltassuj 4.8 g li misqolning 1/24 bo'lagiga tengbo'lgan . Bunda ltassuj=l/24
misqol=l/24x4,8=0,2g. O'rta Osiyoda tassuj o'rnida no'xat o'lchov birligi ishlatilgan. Tassuj,
asosan, tanga- chaqa (yoki tilla) pul hisoblashda ishlatilgan. Masalan, Xorazmda 1 tassuj=l/4
dirham (tanga)= =l/4xl,38g=0,345g bo'lgan. L tassuj= 1/4 dang= 1/24 dinar, dirham yoki
misqol.
57
Sulton Muhammad Balxiyning ―Ajoib at-tabaqot" (―Ver tabaqalarining ajoyibotlari‖)
asarida qimmatbaiio toshlar, metallar ularning qazib olinishi bilan bir qatorda ularning bahosi
haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Tassuj og'irlik o'lchovi sifatida keltiriladi: ―Oq tusdagi
yoqutning bahosi billur bahosiga teng... yoqutning bahosi 1 tassuj vazndagisi (1 tassujning-0,192
gr) - 3 dinor, yarim donigi-7-10 dinor, 3 tassuj vazndagisi 20 dinor, 1 donigi (0,8 gr.)-50 dinordir
―.
Mil (arabcha) - uzunlik o'lchov birligi. Boburning «Boburnoma» asarida keltirilishicha, u
4000 qadamga teng ekan. Agar 1 qadam=0,75 m bo'lsa, u holda 1 mil=4000
qadam=4000x0,75=3000m=3km.Ba'zi manbalarda 1 milni yog'ochning uchdan birgina tengiligi
to'g'risida malumotlar keltirilgan. Yog'ochning qiymatlari 1200 (yog'och) va 9000 (kichik
yog'och) qadatn-ligi va 1 qadam =0,75 ekanligidan, 1 katta mil=l/3xl200 qadam=400x0,75=3000
m=3km bo'ladi, Bu katta milning qiymati Boburning malumotiga to'g'ri keladi. 1 kichik
56
B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. 1994. 261-bet.
57
A.Abdurahmonov. Ulug'bek akademiyasi. T.1994. 16-17 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |