Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Hajm o'lchov birliklari.
Hajm o'lchov birliklari-mavjud hajm o'lchovlari va o'lchov birliklari. Qadim zamonda insonlar sochiluvchi narsalarning jumladan bug'doy va arpa donlarining vaznini tortmasdan, ularni biror hajmga ega bo'lgan vosita, ya'ni hajm o'lchovi bilan o'lchar edilar. Shunday yo'llar bilan donlarning miqdori o'lchanar edi. Suyuqlik hajmlari ega ma'lum sig'imga ega bo'lgan idishlar yordamida o'lchanadigan bo'ldi. Mana shunday yo'llar bilan bobolarimiz hajm o'lchash uchun bir qator hajm o'lchovlarini hamda hajm o'lchov birliklarini kashf etdilar. Hajm -o'lchov birliklarini metrli tizimga o'tkazishda hajm birligi XBTda metr kub (m 3 ) SGS tizimida santimetr kub(sm 3 ), ya'ni 1 m 3 =10 6 sm 3 bo'lishiga qaramasdan, amalda ko‘proq hajm birligi-litr qo'llaniladi. Bunday qilinishiga sabab 4 °s da 1 kilogramm suvning egallagan hajmi 1 litrga yoki 1,000028 dm 3 hajmga teng (Il=ldm 3 ) bo'lganidandir. Kaylaja-hajm o'lchov birligi; Ishlatilish davri va joyiga qarab qiymati har xil bo'lishiga qaramasdan 10-asrdan Eronda, O'rta Osiyoning ba'zi joylarida va boshqa joylarida qo'llanilgan 1 Kaylaja 1,875 kg bug'doyga - yoki 2,5 1 ga teng bo'lgan. Sharqiy Eronda l Kaylaja 1523,4 g bug'doy yoki 21 ga , Ozorbayjonda 1 -Kaylaja 1,354 kg bug'doyga yoki 1,75 1 ga, Falastinda l Kaylaja 6,31 ga teng bo'lgan. Abu Ali Ibn Sinoning ma'lumotiga ko'ra l Kaylaja 1275g narsa sig'adigan o'lchov idish bo'lgan, agar shu narsani bug'doy desak, u holda 1 Kaylajaning hajmi taxminan 1,65-1,75 1 ga to'g'ri keladi. Kapgir (arabcha, forscha-arabcha )-osh taqsimlashda taxminiy hajm o'lchov birligi vazifasini bajaruvchi oshpazlik anjomi; shartli ravishda: 2 kapgir=l lagan osh. 58 Bo'riboy Ahmedov. Tarixdan saboqlar .T-1994, 18-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling