95
mil=l/3x900 qadam=3000x0,75=2250 m=2,25 km yoki o'rtacha qabul qilingan 1 yog'och=6 km
bo'yicha kichik mil taxminan 2 km ga to'g'ri keladi;
a) masofa belgisi sifatida yo'llarda minora shaklida yasalgan bino;
b) o'lchash asboblarida daraja, raqam va bo'linmalarni ko'rsatish uchun xizmat
qiladigan moslama.
Milya, mil (lotincha)-uzunlik o'lchov birligi;turli mamlakatlarda turli qiymatlarga ega
bo'lgan .Milya qadim zamonlarda qo'llanilgan; hozir esa o'lchov birligining metr tizimi joriy
qilinmagan bazi mamlakatlarda, shuningdek dengizchilikda foydalaniladi. Quruqlik, dengiz
hamda geografik milya mavjud: l quruqlik milyasi 160934 m ga teng; 2) dengiz milyasi-bu
taxminan yer meridiani 1° yoyi uzunligining o'rtacha qiymatiga teng bo'lib, 1852 m ga teng.
(Angliyaning dengiz milyasi esa 1853,2 ga teng bo'lgan); 3)geografik milya-ekvator chizigi 1
ining 1/15 qismiga yoki 7420,439 m ga teng.
Milya O'rta Osiyoda qadimdan ma'lum bo'lib, arab geograflaridan Muqaddasiy, Idrisiy
asarlarida tilga olingan.
Boburning ‖Boburnoma‖ asarida milya to'rt ming qadam ekanligi va milni Hindistonda ‖1
kurux‖ deb ataganliklari to'g'risida, shuningdek, milyaning qiymatlari boshqa uzunlik o'lchov
birliklarining qanchasiga teng ekanligi she'riy yo'l bilan juda yaxshi ifodalab berilgan. Boburning
ma'lumotlariga ko'ra, 1 Milya taxminan 3 km ga barobar bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |