Mavzu: Qadimgi Xorazm va So‟g‟diyona kalendari.
Insoniyat tarixida 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Shulardan anchasi mavzularga
kiritilib, kalendarlarning vujudga kelish tarixi, tuzilishi o‗rganib kelinmoqda. Ba‘zi xalqlarning
kalendarlarini ko‗klarga ko‗tarib, boshqa kalendarlarga asos bo‗lgan deb xulosalar chiqarishgan.
Vaholanki yer yuzida yashayotgan millat, xalqlar hatto okean ortida bo‗lsa ham, bir-birlari bilan
aloqada bo‗lmagan davrlarda ham har birlari o‗zlariga xos turmush tarzlariga ega bo‗lganlar.
Tabiiy sharoitlari, urf-odatlari, diniy tasavvurlaridan kelib chiqib hayot kechirganlar. ―Buyuk
ipak yo‗li‖ning ochilishi, Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin hech qaysi xalq, elat boshqa
xalqlardan uzilib qolgan, o‗z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday taraqqiyot
bo‗lmagan bo‗lar edi. Shunday bo‗lsada har bir xalq o‗z tarixini o‗rganar ekan, biz ham o‗z
tariximiz, buyuk allomalarimiz bilan faxrlansak arziydi. Shu paytgacha boshqa kalendarlar
tarixini o‗rganib, Qadimgi Xorazm kalendari haqida deyarli ma‘lumotga ham ega emas edik.
Xorazm qadimgi ilm-fan beshigi, ―Avesto‖ 2700 yilcha muqaddam shu zaminda vujudga kelgan
deb xulosa chiqarar ekanmiz, Xorazm kalendari ham shundan uzoqroq vaqtga, tarixga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |