Baxmal tuman xtb ga qarashli 61-umumiy o’rta ta'lim maktabida Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayonnomasi
Download 48.84 Kb.
|
Пирфилактика тадбири
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan tasir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli
B A Y O N N O M A S I
“Guldursun” OFY 18-noyabr 2021-yil Qatnashdilar: maktab dirеktori F.Seytnazarov, Psixolog inspektori G’.Kenjabayev, MMIBDO’ S.Sarsenbayeva, BT yetakchisi S.Sapayeva, sinf rahbarlari hamda 10-11-sinf o’quvchilari KUN TARTIBIDA: 1. Voyaga yetmaganlar o’rtasida o’quvchilarning tungi harakatlanishlarini nazoratga olish to’g’risida. Davra suhbatini “Guldursun” OFY inspeksator psixolog G’.Kenjabayev kun tartibidagi masalalar yuzasidan tanishtirib o’quvchilarning harakatlanish vaqtlari haqida gapirdi. Maktab ichki tartib qoidalariga bo’ysunish darsga kelgan vaqtda tegishli maktab kiyimida kelishi, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishiga e’tobor berish hollari haqida gapirdi. Har bir inson yoshligidan boshlab sport bilan muntazam shug’ullanishi lozimligi haqida ma’ruza o’qidi. Huquqbuzarlik harakatlariga, zararli odatlar, sport bilan shug’ullanmaslik, kitob o’qimaslik, ustozlar va ota ona o’gitlariga amal qilmaslik sabab bo’lishi haqida gapirdi. “Аsr vabosi” deb atalgan illat, oilalarning buzilishi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarning buzilishi, oqibatida bolalarning yetim bo’lib qolishi o’smir davrida 11 yosh bilan 17 yosh o’rtasida kuzatiladi, shu davrda ularning organizmi har xil yot illatlarga beriluvchan bo’ladi. Yoshlar o’rtasida noqonuniy chet ellarga chiqish va uning salbiy oqibatlarga tushib qolishi, odam savdosi bilan shug’ullanuvchilar qurboniga aylanishi o’gir mehnatdan majruh bo’lib qolish. Turli terroristik tashkilotlar va esktremizm guruhlar orasiga tushib qolish xozirgi davrning dolzarb muammosi ekanligini ta’kidlab o’tdi. Kun botganidan so’ng o’quvchilarning tungi paytlarda harakatlanishlarini nazoratga olis borasidan tungi reydlarning natijalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Maktabning ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari S.Sarsenbayeva so’zga chiqdi. Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan ta'sir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli: voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish; ogohlantirish chiqarish; o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish; o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish; voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish; voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish. S.Sarsenbayeva davlatimiz tomonidan yoshlarga tartib berilayotgan sharoitlar, zamonamiz tinchligi va bunday imkoniyatlardan foydalanib hayotda o’z o’rnimizni topib ketish uchun yaxshi o’qish, muntazam darslarga, turli to’garaklar, sport seksiyalariga qatnashish zarurligi to’g’risida gapirib bekorchilik qanday oqibatlarga olib kelishini misol keltirib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilindi. QAROR: 1. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini tashkil qilish fan va sport to’garaklariga jalb qilish ishlarini qattiq nazoratga olish, o’quvchilarga tungi reyd davomida olib borilgan kelin chiqqan ko’ngilsizliklari haqida yig’ilish o’tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Sinf rahbarlari va barcha fan o’qituvchilariga o’quvchilar davomati va tartib intizomini nazorat qilish vazifasi maktabning MMIBDO’ S.Sarsenbayeva zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: F.Seytnazarov MMIBDO’: S.Sarsenbayeva Ellikqal'a tuman XTB ga qarashli 63-umumiy o’rta ta'lim maktabida Profilaktika kuni munosabati bilan Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish nazoratini kuchaytirish maqsadida o’tkazilgan navbatdagi yig’ilish Download 48.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling