111
2-rasm. Faollashtirilgan ko`mirga uglerod qo`sh oksidi (CO
2
) adsorbsiyalanish
izotermalari.
Ushbu rasmdan ko`rinadiki, CO
2
gazning
parsial bosimi (P) ortishi bilan,
adsorbsiya
kattaligi
(a) oshib boradi. Ammo harorat oshgan sari yutib olingan gaz faollashtirilgan ko`mir
tarkibidan ajralib chiqadi, ya`ni
desorbtsiya jarayoni kuchayadi, natijada adsorbsiya kattaligi
pasayib boradi.
Sanoatda havo yoki gazlarni turli zaharli moddalardan tozalash maqsadida adsorbsiya
usulidan keng qo`llaniladi. Adsorbsiya usulida ba`zi bir qimmatbaho moddalarni ushlab qolib,
boshqa moddalarni texnologik jarayonlarga qaytarish mumkin. Odatda, erituvchi
moddalar va
ularning bug’larini ushlab qolish uchun
rekuperatsion qurilmalar, ya`ni qayta ishlash
qurilmalardan qo`llaniladi. Bunday holatlarda adsorbent sifatida faollashtirilgan ko`mirdan
keng qo`llaniladi
Adsorbentlar
orasida faollashtirilgan ko`mir bir qator afzalliklarga ega:
1. Faollashtirilgan ko`mir gidrofob materialdir, ya`ni namlikni o`ziga shimib olmaydi.
2. U organik suyuqliklar bug’ini yuqori darajada yutib olish qobiliyatiga ega.
3. Faollashtirilgan ko`mir nihoyatda mustahkam bo`lib,
tarkibida zaharli modda
qoldiqlarini ushlab qolmaydi.
4. Desorbsiya jarayonlari o`tib bo`lgandan keyin, faollashtirilgan ko`mirni quritish va
atmosfera havosiga sovutish mumkin.
5. Adsorbsiya rekuperatsion qurilmalarida ishlatiladigan bunday ko`mirni
10 ming
marotabagacha qayta ishlatish mumkin.
Adsorbsiya rekuperatsion qurilmalarining ishlash samaradorligi (ya`ni,
havo tarkibida
erituvchi moddalarni ajratib olish darajasi)
85-95% ni tashkil etishi mumkin. Ushbu
qurilmadan chiqayotgan havo yoki gazning
har 1 m
Do'stlaringiz bilan baham: