Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
-30 mkm li zarrachalar - 90%
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
20-30 mkm li zarrachalar - 90% va zarrachalarning o`lchami 30-40 mkm ni tashkil etganda,
havoni tozalash darajasi 95% ni tashkil etishi mumkin. Kichik diametrli siklonlarga, odatda multisiklonlar deb ataladi. Ularning afzalliklari batareyali siklonlarda yaxshi namoyon bo`ladi. Agar siklonning radiusi kichik bo`lsa, uning ish unumdorligi pasayadi. Shuning uchun katta hajmdagi changli havoni tozalash va chang zarrachalarini havo tarkibidan ajratish tezligini oshirish uchun parallel ishlaydigan siklonlardan yoki batareyali siklonlardan foydalaniladi. Tozalangan gaz Tozalangan gaz Changli gaz Chang Chang Changli gaz 108 Batareyali siklonlar diametri 10-30 sm bo`lgan bir necha yuz parallel ishlaydigan siklon elementlaridan tarkib topgan bo`ladi. Ularda 792 dona element bo`lib, soatiga 650ming m 3 changli havoni tozalash qobiliyatigi ega. Sanoat korxonalarida diametri 1 metrni tashkil etadigan siklonlardan ko`proq qo`llaniladi. Katta hajmdagi changli havoni tozalashda esa batareyali siklonlardan qo`llaniladi. Bitta siklon o`rniga bir nechta kichik diametrli parallel siklonlardan foydalanish bir qator afzalliklarga ega: 1. Parallel ishlaydigan siklonlarda bitta umumiy chang yig’uvchi bunker, bitta changli havo kiruvchi va bitta toza havo chiquvchi kollektor bo`ladi. 2. Parallel ishlaydigan siklonlarda changli havo oqimining tezligi bir xil bo`lsa, unda kichik diametrli siklonlarda kuchli markazdan qochma kuchlar paydo bo`lib, havoni changdan tozalash darajasi yuqori bo`ladi. 3. Katta diametrli siklonlarning balandligi yuqori bo`lganligi uchun ularni joylashtirish qiyin, kichik diametrli siklonlar esa kam joyni egallaydi. Siklonlarning diametri 400 - 2500 mm, batareyali siklonlarning diametri 160 - 600 mm atrofida bo`lishi mumkin. Siklonlarning chang cho`ktirish kameralardan afzalliklari shundan iboratki, ularning yuqori bosim va haroratlarda ishlatish mumkin. Siklonlarda cho`ktirilgan chang zarralari qayta haraktlanmaydi (ikkilamchi ifloslanish yuz bermaydi), havoni tozalash darajasi esa changli havo oqimining tezligiga bog’liq emas. Siklonlarning asosiy kamchilikligi shundan iboratki, ular yordamida o`lchami kichik (5 mkm dan kichik) qattiq chang zarrachalarni atmosfera havosi tarkibidan ajratib olish qiyin. CHang zararalarning o`lchami kichiklashgan sari, siklonning ishlash samaradorligi (havoni tozalash darajasi) pasayib boradi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling