Baxromov samandar ning “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan joriy nazorati test javoblari
Download 34.06 Kb.
|
NAZARIYAA
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI IM-90/21 GURUH TALABASI BAXROMOV SAMANDAR NING “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN JORIY NAZORATI Test javoblari: 1 b 2 c 3 d 4 b 5 a 6 d 7 b 8 d 9 a 10 a 11 d 12 d 13 d 14 d 15 c 16 b 17 c 18 d 19 d 20 b Javoblar: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida, birinchidan, ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), ikkinchidan esa, iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o‘rniga SMM ko‘rsatkichining qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi, ya’ni SMM= S+In. 2. Pul miqdorini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud: Transaksion yondashuv- bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi. Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi. Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi: -Transaksion omil-tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar. -Extiyotkorlik omili-aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar. -Spekulyativ (chayqovchilik) omili-aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi. Nobel mukofotining laureati amerikalik iqtisodchi olim M.Fridman aytadiki pullarga bo’lgan talab o’zgarishi nominal daromadlarning o’zgarishi oqibatidir. Fozi stavkalri esa pullarga bo’l’lgan talabga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun u % stavkalarning elastikligini 0.15 ga teng deb oladi. Fridmenning fikriga ko’ra pullarga bo’lgan talab iqtisodiy konyukturaning o’zgarishlariga bog’liq emas. Markaziy bank pul bazasi orqali pullarga bo’lgan talabga ta’sir ko’rsata oladi. Ko’pchilik iqtisodchi olimlar pullarga bo’lagan talab va inflyatsiya o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjuligini e’tirof etishgan. Masalan: Samuelson, Blansher, Fisher. So’nggi yilarda dunyoning qator mamlakatlarida davlat byudjeti defitsiti va davlat qarzi darajasini o’sishi kuztilmoqda. Gretsiya, Ispqniya, Portugaliya va Irlandiyada davlat qarzi YaIM ga nisbatn 120-150% gacha etdi. Aslida me’yoriy darajada 60%dan ortmasligi lozim. 2014 yil yanvar holatiga ko’ra O’zbekistonda 17% tashqi qarz, 0.6% ichki qarz (YaIMga nisbatan). Davlat byudjeti defitsitining YaIMga nisbatan aniqlanadigan me’yoriy darajasi 3% qilib belgilangan, 3% dan oshmasa normal defitsit hisoblanadi. 3. Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; -valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish; -bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish; -O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash; -banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish; -banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish; -bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish; -bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish; -tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish; -O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash. 4. Iqtisodiy inqiroz deb, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qodir talabga mos kelmay, ya’ni undan oshib ketadi yoki kam bo’lib qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi kam to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushgunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, inqirozlarning asosiy sababi- takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvallo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo’ladi. Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi. Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o’rin tutib, u o’z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro’y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi. Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka ucharaydilar. Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi. Birja inqirozi. Bu tanglik birjadagi qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qillishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi. Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog’ligini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi. Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo’jalikning biron bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi. Tarkibiy inqirozlar. Iqtissodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. 5. Noqulay va farovon davrlarda ham strukturaviy va ishqalanish tipidagi ishsizlik mavjud. Bu muqarrar. Ishsizlikning tabiiy darajasi - bu ikki turdagi ishsizlarning umumiy mehnat bozoridagi ulushi. Bu makroiqtisodiy muvozanat kuzatiladigan vaziyatga xosdir. Tabiiy ishsizlik ish qidirishda band bo'lganlar soni bo'sh ish o'rinlari soniga to'g'ri kelganda qayd etiladi. Boshqacha aytganda, ish imkoniyati mavjud. Bu daraja jamiyatda bo'sh o'rinlarni egallab, iqtisodiy sohada tez harakatlanish qobiliyatiga ega bo'lgan ishchi kuchi zaxirasining mavjudligini ham nazarda tutadi. Turli mamlakatlar uchun bu boshqacha tabiiy daraja ishsizlik. Xususan, Fransiya va Buyuk Britaniya uchun 5%, Yaponiya va Shvetsiya uchun 1,5-2%, Kanada uchun 8%, AQSh uchun 5-6%. Iqtisodchilarning fikricha, ishsizlikning o'rtacha darajasi (tabiiy) 4-6%. Haqiqiy ishsizlik ba'zan o'zining tabiiy darajasidan past bo'lishi mumkin, masalan, urush sharoitida. Agar mavjud ishsizlik miqdoriy jihatdan tabiiy darajaga to'g'ri keladigan bo'lsa, iqtisodiyotning ishlashi to'liq bandlik sharoitida amalga oshiriladi va ishlab chiqarishning to'liq hajmi mavjud deb hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu holda ishlab chiqarilgan haqiqiy YaIM potentsialga teng. Daraja ko'rsatkichi ko'rib chiqilayotgan hodisaning asosiy ko'rsatkichidir. Bu ishsizlar sonining ishchi kuchining ulushi. Shu bilan birga, to'liq bandlik ishchilarning bir qismi o'z mehnati uchun ariza topa olmaydigan vaziyatning yo'qligini anglatmaydi. Biz tuzilmaviy va friksion ishsizlikning paydo bo'lishi muqarrar ekanligini aniqladik. Binobarin, to'liq bandlik 100% ga teng emas. To'liq bandlik sharoitida ishsizlik darajasini tarkibiy va friksion ishsizlikning yig'indisi sifatida aniqlash mumkin. Formula quyidagicha: u to'liq = u Ishqalanish + u Struktura. Haqiqiy ishsizlik darajasi har uch turdagi ishsizlik darajasining yig'indisidir. Biroq, uni quyidagi formuladan foydalanib topish osonroq: u fakt = U*100% / L = U*100% / E + U. Bu erda L - ishchi kuchi, U - ishsizlar soni, E - xodimlar soni. Haqiqiy ishsizlik darajasini, tsiklik ishsizlik darajasini bilgan holda aniqlash mumkin. Formula quyidagicha: u sikl = u to'liq - u fakt. 6. Turmush darajasi tushunchasi va ko’rsatkichlari Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim. O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq 70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi. Turmush darajasi inson (aholi) hayot faoliyatining ma’lum bir qirrasi to’g’risida tasavvur beradigan ko’rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi to’g’risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasini chuqur o’rganish lozim. Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, turmush darajasi konsepsiyasi bilan uzviy bog’liq. Ayrim muhim ko’rsatkichlar: Turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlari Hajmiy (absolyut) Ulush (o’rtacha) Milliy daromad hajmi Iste’mol fondining milliy daromaddagi ulushi Aholining nominal daromadlari Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromad Ish haqi fondi O’rtacha va eng kam ish haqi Tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tadbirkorlikdan olinadigan o’rtacha daromadi Pensiya fondlari hajmi Pensiyaning o’rtacha va eng kam miqdorlari Tovar aylanishi hajmi Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tovar aylanish Bajarilgan xizmatlar hajmi Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlar salmog’i Uy–joy fondining hajmi Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy hajmi (kv.m., xona) Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining soni Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar va ishsizlar salmog’i Aholining jamg’armalari Jamg’armaning o’rtacha miqdori Aholining tabiiy ko’payishi Yashash davri. Download 34.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling