Baxtiyor mengliyev


“Ko‘rishishni istamayman”


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

“Ko‘rishishni istamayman”. Liftning oldiga borib qarang
tugmacha chirog‘i yonmagan, bundan uning band emasligini 
bilasiz. Lekin to‘satdan yondi, demak, band bo‘ldi. E’tibor 
bersangiz, bu yerda ham ikkita belgi bor. Chiroqning yongan holati 
(“bandlik” belgisi) va o‘chgan holati (“band emaslik” belgisi). 
Yoki kursdoshingizga ko‘l silkidingiz (bir belgi) yoki indamay 
qo‘ya qoldingiz (ikkinchi belgi). Telefoningiz ovoz berdi (bir 
belgi) yoki ovoz bermadi (ikkinchi belgi). Biz dastlab belgi 
sanamagan bu holat – nol belgi deyiladi. Birov sizga ko‘rishish 
uchun qo‘l uzatdi, bu– “ko‘rishmoqchiman” ma’nosiga ega belgi. 
Lekin siz qo‘l uzatmadingiz, bu “nol” belgi bo‘lib, “ko‘rishishni 
istamayman” ma’nosini ifodalaydi. Tildagi nol shakllarni ham shu 
yo‘sinda tushunmoq kerak.
O‘rik – abrikos emas, abrikos esa o‘rikdir. O‘zimiz bilmagan 
har qanday shartli sistema haqida yuqoridagi fikrlarni aytsak
bo‘laveradi. Shartli belgilar, ularning ifodalovchi va ifodalanmish 
tomonlari, shartli belgining tabiati, imkoniyatlari, shakllanish 
jarayoni, amal qilish xususiyatlari, sharoiti haqidagi fan sohasi 
semiotika deyiladi. Semiotika grekcha semeion (“belgi”) so‘zidan 
olingan bo‘lib, uning asoschisi amerikalik olim Charlz Sanders 
Pirs (1839–1914)dir. Tilshunoslik – semiotikaning bir sohasi. 
Lekin semiotikani tilshunoslikning sohasi deb ajratish ma’lum 
darajada mantiqsiz. Til “bor bo‘yi” bilan shartli belgilar sistemasi 
ekan, tilshunoslikni semiotikaning markaziy sohasi deyishi mumkin. 
Noto‘g‘ri tushunish natijasida semiotika tilshunoslikda alohida 
soha sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmayotir. 
 
Savol va topshiriqlar 
1.Til qanday tarkibiy qismlarga bo‘linadi? 
2.“Lison” tushunchasi haqida ma’lumot bering. 
32


3.“Me’yor” tushunchasi haqida gapiring. 
4.“Nutq” tushunchasi mohiyatini bayon qiling. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling