Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday 
tushunasiz? 
2.Ongdagi har bir lisoniy birlik (UMIS) tafakkur mahsuli degan 
hukmni qanday tushunasiz? 
3.“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki 
bo‘linmas? 
 
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy 
birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida 
muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida 
voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan 
tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik, 
cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni 
o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday 
sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni 
til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
PIYOLA 
Oldimizdagi piyolani kuzataylik. U go‘yoki nutqiy hodisa. U 
o‘ziga xos UMISning voqelanishi.
25


Aslida har qanday AHVO faqat o‘z UMISining voqelanishidan 
iborat bo‘lmaydi. Unda har xil boshqa UMISlarning tajallilari ham 
aks etadi. Masalan, Men o‘qiyman jumlasini olaylik. U nutqiy 
hodisa – gap. Unda gap UMISi voqelanishi bilan birga boshqa 
UMISlar ham tajallilangan. Masalan, fonetik UMIS, leksik UMIS, 
morfologik UMIS va h. Bular lisoniy UMISlar zarralari. Unda yana 
nolisoniy UMISlar ham bor. Masalan, so‘zlovchi, tinglovchi, nutq 
vaziyati, muhiti va h.k. 
Yana piyolaga qaytamiz. Piyolada ham faqat piyolaga xos 
UMIS tajallisi bilan birga boshqa UMISlar zarralari ham mavjud.
Narsaning o‘ziga xos sof UMISini aniqlash uchun boshqa 
UMIS zarralarini aqliy yo‘l bilan piyola AHVOsidan soqit qilish 
kerak.
Piyolada qum, rang, harorat, qum zarralarini birlashtiruvchi 
modda va h. UMISlar mavjud. 
Xullas, Siz piyoladagi o‘z va o‘zga UMIS tajallilarini farqlab, 
ajrata olsangiz, nutqdagi tegishli AHVOlar zamiridagi UMISlarni 
aqliy yo‘l bilan tiklay olasiz.
Marhamat, o‘zingizni sinab ko‘ring. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling