Baxtiyor mengliyev


davrining ilk bosqichi bo‘lgan formal (an’anaviy) tilshunoslik


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

davrining ilk bosqichi bo‘lgan formal (an’anaviy) tilshunoslik 
dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi zot va tajallini, UMIS va 
AHVOni bir-biridan izchil farqlamay tasnif etish bosqichi 
hisoblanadi. Chunki bu davr tilshunosligi zimmasiga ularni aniq 
farqlash vazifasi yuklatilmagan edi. 
XX asr boshlarida Yevropa ilmiy-falsafiy ta’limotiga Fridrix 
Hegel dialektik usulining keng kirib borish fizikada to‘ntarish 
hisoblangan Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasining shakllanishi 
va rivoji tilshunoslikka ham katta ta’sir ko‘rsatdi – tildagi umumiy 
va xususiy jihatlarni farqlashga turtki bo‘ldi. 
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish, avvalo, 
tilshunoslar Vilhelm fon Humboldt, Boduen de Кurtene va 
Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning 
farqlanishi, tilga sistema sifatida yondashuv XX asr jahon 
tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u til 
ilmidagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. 
Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning 
dastlabgi yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanib, bu so‘z ko‘p 
ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni 
keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati 
ham, nutqi ham til atamasi bilan yuritilar edi. Shu boisdan 
tilshunoslar falsafiy zot (substansiya)ning tildagi ko‘rinishiga 
nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Dunyodagi biror 
21


tilshunoslikda lison va nutq hamda ularning majmuyi o‘zbek 
tilshunosligidagidek terminologik aniqlikda ifodalanmagan.
Fanimizda til, lison, nutq va ularni tutashtiruvchi me’yor 
munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval): 
2-jadval
TIL 
LISON 
ME’YOR 
NUTQ 
Yuqorida zot (UMIS) va tajalli (AHVO)ning tildagi aksi 
misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish 
mazmunida so‘z yuritildi. Quyida unga batafsil to‘xtalamiz. 
Til – tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga, borliq 
haqidagi bilimlarni xotirada qat’iy sistema sifatida saqlashga, 
axborot uzatish va qabul qilishga xizmat qiluvchi muhim 
(birlamchi) ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u o‘z 
ichiga lisoniy zot (UMIS) va tajalli (AHVO)larni ham, UMISning 
AHVOga o‘tish qonuniyatlarini ham qamrab oladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling